Bajardi: saidnazarov a. Tekshiruvchi: xudayarova. X



Yüklə 447,56 Kb.
səhifə3/3
tarix09.05.2023
ölçüsü447,56 Kb.
#110250
1   2   3
b. menejment S. ALIJON

Korporativ maslahatchi
Korporativ boshqaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlash va ularga erishish ustidan nazorat qilish uchun zarur tashkiliy tuzilmani, shuningdek, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini ta’minlovchi, bank boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar majmui, shu jumladan, boshqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini yaratish tushuniladi (Tijorat banklarida korporativ boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomning 1.1.bandi).
Korporativ maslahatchisi xizmati.
Korporativ maslahatchisi xizmati – bu Bankning Kuzatuv kengashi raisiga bo‘ysunadigan tarkibiy tuzilmasi. Xizmatni umumiy boshqarish korporativ maslahatchi tomonidan amalga oshiriladi.
Korporativ maslahatchisi bankning mansabdor shaxsi va bankning tarkibiy bo‘linmasi “Poytaxt-bank” AJ Korporativ maslahatchisi xizmati rahbari.
Korporativ maslahatchisining vazifalari:
• Bankning O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Ustav va bankning ichki hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash;
• Bankning korporativ boshqaruv amaliyotini ularning ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiqligi yo‘nalishida rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish;
• Aksiyadorlarning huquqlarini samarali himoya qilishda va bankning investitsiya jozibadorligini oshirishga yordam berish;
• Bankning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan boshqaruv amaliyotini shakllantirishga ko‘maklashish.

Ichki audit
Bank Ichki audit xizmatini tashkil etadi. Ichki audit xizmati Bank kengashiga hisobdordir.
Bankning ichki audit xizmati Bankning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari tomonidan qonun hujjatlariga, Bank ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda “Poytaxt-bank” AJ Ustavi 23 ishonchli tarzda aks ettirilishi a’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek Bankni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali Bankning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Yüklə 447,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin