TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI BIA-85 GURUH TALABASI SAIDNAZAROV ALIJONNING BANK MENEJMENTI VA MARKETINGIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
BAJARDI: SAIDNAZAROV A. TEKSHIRUVCHI: XUDAYAROVA. X Mavzu: Poytaxt bankning tashkiliy boshqaruv strukturasini, korporativ boshqaruvini xamda kadrlar siyosatini o’rganing va izoh bering.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi
Bankning kuzatuv kengashi
Bank kuzatuv kengashi qoshidagi qo’mitalar
Bank boshqaruvi
Bank boshqaruvi qoshidagi qo’mitalar
Tashqi auditor
Korporativ maslahatchi
Ichki audit
Korporativ boshqaruv kodeksi
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.Jamiyat har yili Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.