Bajardi: Sobirov Jahongir Tekshirdi: Qutlimurotov Jumamurot



Yüklə 42,28 Kb.
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü42,28 Kb.
#114153
  1   2   3   4
jahon TV

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI ARXITEKTURA FAKULTETI YO'L HARAKATINI TASHKIL ETISH 2V GURUH TALABASI SOBIROV JAHONGIRNINH TRANSPORT VOSITALARI TUZILISHI VA TEXNIK EKSPLUATATSIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Sobirov Jahongir

Tekshirdi: Qutlimurotov Jumamurot

Reja: 1.Sovitish tizimiga TXK va T texnologiyasi 2.UzDEU yengil avtomobillari sovutish tizimiga TXK 3.Moylash tizimi

1. Sovitish tizimining asosiy nosozliklariga: germetiklikni buzilishi, suv nasosi salnigidan, patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining yetarlimasligi, uning yorilishi, uzilishi, termostat qopqog'ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog'ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho'kindi (quyqa)si hosil bo'lishi kabilar kiradi. Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo'ladi: Dvigatel uzoq muddatda, zo'riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar oziqlash va yondirish jihozlari noto'g'ri sozlangan bo'lsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi. Termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo'lsa (dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, klapan bordi-yu, kech ochilsa, dvigatel tezroq qizib ketadi.

2. Tizimga TXK va ta'mirlashdan avval diagnoz qo'yilib, uning qizish holati va germetikligi, tasmaning tarangligi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me'yorida ishlaganda sovitish tizimi suyuqligining, harorati 80-95°S chegarasida bo'lishi kerak, radiatorning yuqori va pastki qismidagi suyuqlik haroratining farqi 8-12°S oralig'ida bo'ladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib oqishini suv nasosining (va boshqa birikish joylarini) ostki qisimlaridagi suyuqlik izlaridan payqash mumkin. Buni nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning (germetikligi) jipsligi, radiatorning ustki suyuqlik bilan to'lmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi bilan tekshiriladi. Ventilator uzatmasi, tasmasining tarangligi shkivlarning o'rtasidagi masofada tasmani bosib ko'rib (30-40N kuch bilan) tekshiriladi. Tasmaning me'yordagi tarangligi (turli xildagi dvigatellar uchun) 10-20 mm bo'lishi kerak. Yechib olingan termostat, qizitilgan suvli vannaga botirilib, ishlashi tekshiriladi. Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65–70°S va to'la ochilishida 80–85°S bo'ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur.


Yüklə 42,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin