Bajardi To’ychiyeva Fotima o Reja



Yüklə 306,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü306,7 Kb.
#168214
1   2   3   4   5   6
Презентация1

Hayvonlarning
intellektual
harakatlari
Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil qiladi. YUksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi
munosabatlarni paykay (baholay) oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko`ra oladilar. Bunday harakatni aqliy (intellektual) harakat tipi deyish mumkin. Olimlar
yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o`ringa qo`yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko`zning yuksak
darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini
beqiyos ravishda kengaytiradi
, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko`nikmalarning tarkib topishi hamda harakat
shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi.

Maymunlar intellekti (aqli) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo`nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo`llariga tushib
qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo`laklarga ajratadilar, odamlarni har xil usullar bilan o`z qafaslari oldiga jalb qiladilar, erda sudralib ketayotgan hashoratni kuzatib tura
oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo`lgan. Boshqa hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot
darajasi qo`l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog`liqdir. "Qo`l"ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga
kirishish
imkoniyatiga
egadir.
Ma`lum sharoitlarda maymunlarda harakatlarning instinktiv shakllari ham nomoyon bo`ladi. Biroq yuksak darajada taraqqiy etgan maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning
pastki bosqichidagi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq qiladi. Masalan uy qurish jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko`rar ekan. Instinklarda tashqi sharoit
hisobga
olinar
ekan.
Maymunlarda ko`nikma hosil qilishning ham o`ziga xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko`nikma tez shakllantirilsa, maymunlarda bu jarayon biroz murakkab
kechadi.
Maymunlarning
"qiziquvchanligi"
natijasida
ularning
diqqatini
ko`pincha
biror
harakat
va
ob`ektga
qaratish,
to`plash
qiyin.

Yüklə 306,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin