Bajardi: Turanboyev Miraziz



Yüklə 20,97 Kb.
səhifə1/4
tarix30.05.2022
ölçüsü20,97 Kb.
#60024
  1   2   3   4
O\'zbek tili mustaqil ish


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Geologiya fakulteti

Mustaqil ish


Bajardi: Turanboyev Miraziz
Qabul qildi: Topildiyeva Feruza

Toshkent-2022


Insho
Asardan olgan taassurotlarim
Reja:
1. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari haqida
2. Asarning tarbiyaviy ahamiyati
3. Asar menga nima berdi?
Men kitoblarni qayta o’qimayman. Ammo O’tkir Hoshimovning bu kitobini uch marta o’qib chiqqanman. Sababi, 2001-yilda yozilgan bu kitobda kichik- kichik gaplar, shu bilan bir qatorda g’ij-g’ij ma’no bor. Ma`lumki, badiiy asar kitobxonning dunyoqarashini kengaytirib, ma`naviy dunyosini boyitadi.Buyuk insonlarimizdan biri shunday degan edi: ”Qayerdaki badiiy adabiyot mavjud ekan, demak, u yerda chin inson tarbiyasi yuksak darajada bo’lishiga ishonch bor”. Darhaqiqat, o’zini ma`naviyatli hisoblagan, yurt taqdiriga hissa qo’shish istagida bo’lgan har bir shaxs bugun kitobxon bo’lmog’i, o’zini muttasil rivojlantirib bormog’i lozim. Bu asar bilan tanishar ekanman, yozuvchining hayot, insonlar, dunyoqarashlar haqidagi mulohazalari meni mushohada qilishga undadi. Yozuvchining bu asari har bir soha vakili uchun, katta-yu kichik uchun birdek muhimdir. Adib hayot haqida falsafiy mushohada yuritar ekan, eng avvalo, ma`naviyat tushunchasiga ta’rif beradi:
“Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko’ra sholg`om eksa, qozoniga tushadi-ku.
Odamzod nima uchun kitob o’qiyotib, suyukli qahramoni o’lib qolsa yig`laydi? Uni yozuvchi “ichidan to’qib chiqargani”ni biladi-ku.
Odamzod nima uchun o’zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsa-yu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig`lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.
Odamzod nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o’lib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni ko’rmaydi-ku!
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi!”
Bu fikrlarni o’qir ekanman, bizning ajdodlarimiz naqadar boy ma`naviy qadriyatlarga ega ekani haqida o’ylab ketdim. Millatimning bu qadar yuksalishida, dunyoga tanilishida qon-qonimizga singib ketgan bu qadriyatlarning o’rni beqiyosdir.
Ayniqsa, asar Vatanimizning ertasi bo’lgan yosh avlodga tarbiya berayotgan ustozlarimiz uchun alohida qimmatga egadir. Yozuvchining “Dehqon va muallim” haqidagi mushohadasi meni chuqur o’yga toldirdi:
“Dehqon yerga nobop urug` eksa, achchiq “hosili”ni bir o’zi “o’rib oladi”. O’sha yili…
O’qituvchi bolaning qalbiga nobop urug` eksa, achchiq” hosili”ni butun jamiyat o’rib oladi. Yigirma yildan keyin…”
Bu satrlarni o’qib, beixtiyor chuqur o’yga tolasiz. Naqadar zalvorli achchiq haqiqat! Shu o’rinda bot-bot aytiladigan shifokorlar haqidagi fikrlarni esladim: ”Shifokor xato qilishga haqqi yo’q, chunki u inson hayotiga javobgar”. Xo’sh, o’qituvchi-chi? O’sha shifokor ham ta`lim va tarbiyani o’qituvchidan oladi-ku!
Asarni uch marta uch xil davrda o’qiganman. Har o’qiganimda yanada yaxshiroq tushungan edim. Men bu asarni o’qishga ketqazgan vaqtimga achinmayman. So’zimning nihoyasida yozuvchining quyidagi fikrini keltirib o’tmoqchiman:”Badiiy asar shunday daraxtki, uning shohida umumbashariy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi”.



Yüklə 20,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin