Bajaruvchi: Mamatov Sardor Sodiq o’g’li Tarkibiy qismi
3.3. Elektr sxemalarini yig'ish, ularda faqat kuchlanish bo'lmaganda almashtirishni amalga oshirish kerak. 3.4. Elektr sxemalari va elektr jihozlarining kuchlanish ostida ishlashini tekshirish faqat ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi. Dasturlash vaqtida sxemani sozlash bundan mustasno 3.5. Sxemani yig'ishda shikastlangan uchlari bo’lgan yoki izolyatsiyasi buzilgan ulanish simlarini ishlatmang. 3.6. Stendda yig'ilgan sxemaga, imtihon topshirig'ini bajarish uchun ajratilgan boksning devoriga faqat sinovlar o'tkazilgandan keyin kuchlanish berishga ruxsat etiladi. Elektr qurilmasiga kuchlanishni yetkazib berish Ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi. 3.7. Ishlayotganda tananing ochiq qismlari, kiyim va sochlar asboblarning aylanadigan qismlariga tegmasligini ko’zatib borish kerak. 3.8. Qurilgan sxemaga kuchlanish berishga ruxsat beriladi: - yopiq eshiklar va shkaflarning panellari, kabel-kanallarining qopqoqlari, taqsimot qutilari, tugmachali postlar va boshqalarda. - uzunligi 20 mm dan ortiq bo'lgan yagona izolyatsiyaga ega bo'lgan ochiq o'tkazgichlar bo'lmasa, shuningdek, shikastlangan izolyatsiya yoki ochiq sim (metal simlar ko'rinadi) bo’lmasa. - jixozni yerlatgich (zazemleniye) ga ulash uchun mo'ljallangan ochiq o'tkazgich qismlari yerlatgich (zazemleniye) bilan ta'minlangan. - korpus va shkaf eshigi o'rtasida tok o'tkazuvchi o'tkazgichni qisilib qolish imkoninig mustasnoligi. Kuchlanishni ulashdan oldin, imtihon topshirig'ining ajralmas qismi bo'lgan va elektr jihozlarini ishga tushirishdan oldin NTH (normativ texnik hujjatlar) talablariga javob beradigan zarur o'lchovlarni bajarish kerak. 3.9. Kuchlanish mavjudligini tekshirish uchun sxemada kuchlanish ko’rsatkichi yoki o'lchash moslamasidan foydalanish kerak. O'lchov asboblari va jihozlarini shunday joylashtirish kerakki, ularni kuzatish va boshqarish qulayligini hisobga olish, hamda ishchilarni tok o’tkazuvchi qismlarga tegib ketish imkonini bartaraf etish zarur. 3.10. O’chirilmagan elektr sxemalari va qurilmalarini nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi. 3.11. Imtihon topshiriqlarini bajarishda ishtirokchi 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq individual vositalardan foydalanishi kerak. 3.12. Mahkamlagich elementlari, jihozlarning uchlari (bitlar) va hokazolarni og’izda ushlash taqiqlanadi. 3.13. Imtihon topshirig'ini bajarishda ishtirokchi boshqa ishtirokchilar va ekspertlarning ishiga aralashmasligi kerak. Asboblarni, sarflanadigan materiallarini, jihozlarni shkaflarning tashqarisiga va ichiga, konstruktsiya elementlariga, kabel boshqaruv tizimlariga, shuningdek narvon, taxta ko’prikcha, stulga joylashtirish taqiqlanadi. 3.14. Qirindi yoki boshqa axlatlarni qo'l bilan supurib olish yoki puflash taqiqlanadi. Buning uchun himoya vositalari - ko'zoynak va qo'lqoplarni qo’llagan holda cho'tka, changyutgichdan foydalaning. 3.15. Imtihon topshirig'ini bajarish vaqtida yonida har qanday aloqa vositalariga ega bo'lish taqiqlanadi (telefon, ma'lumot uzatish funksiyali soat va boshqalar). 3.16. Imtihon topshiriqlarida nazarda tutilganidan boshqa hujjatlardan foydalanish taqiqlanadi. Agar yozuvlarni yuritish zarur bo'lsa, ishtirokchi ekspert va boshqa ekspertlar tomonidan imzolangan va raqamlangan 2 ta va undan ortiq varaqlarni olishi mumkin. 3.17. Narvonning yuqori pog'onasida bir vaqtning o'zida ikkala oyog'i bilan, panjaralar yoki maxsus to'xtash joylari bo'lmasa, turish taqiqlanadi. To'siqlar va to'xtash joylari bo'lmagan zinapoyalarning ikkita yuqori pog'onasida ishlash taqiqlanadi. Bir oyoqda turib zinapoyada ishlash taqiqlanadi. Narvon sifatida stol, dastgoh, stul, asboblar aravasi va hokazolardan foydalanish taqiqlanadi. Narvon bilan ishlaganda devorda bo’rtib chiqqan, polda yoyilib yotgan narsalar ustida turish taqiqlanadi (konstruktsiya elementlari, asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalar), ularga yiqilib tushganda shikastlanishning oldini olish uchun. 3.19. Ishni past balandlikda bajarayotganda, asbobni ishtirokchining qo'l ostida qo'yishga ruxsat beriladi. Ishtirokchini polga qo'yilgan asbobdan uzoqlashishi qoidabuzarlikka kiradi (baholash mezoni "Ish vaqtida ish joyini saqlash"). 3.20. Asbob va jihozlarning nosoz holatida imtihon topshirig'ini bajarishni to'xtatish va bu haqda Ekspertga, u yo'q bo'lganda esa ekspert o'rinbosariga xabar bering. Yüklə 1,22 Mb. Dostları ilə paylaş: |