Mutaxassis quyidagilarni bilishi va tushunishi kerak: -tijorat, xususiy, ko‘p kvartirali uylar uchun sim va kabellarni taʼminlash tizimlarining turlarini, qishloq xo‘jaligi va sanoat binolari, shuningdek ularni qachon va qayerda qo‘llashni;
-tijorat, turar-joy, ko'p qavatli xonadonlar, qishloq xo'jaligi va sanoat binolarida foydalaniladigan sim va kabellar tizimlarining turlari va ularni qo'llash vaqti va muddatini. -tijorat, turar-joy, ko'p qavatli xonadonlar, qishloq xo'jaligi va sanoat binolari uchun elektr shitlardan foydalanish talabini, shuningdek ularni qachon va qayerda qo'llashni;
-tijorat, turar-joy, ko'p qavatli xonadonlar, qishloq xo'jaligi va sanoat binolari uchun elektr yoritish va isitish tizimlarining turlarini,
-tijorat, turar-joy, ko'p qavatli xonadonlar, qishloq xo'jaligi va sanoat binolarini boshqarish va nazorat asbob vositalari va rozetka turlarini; - kabel tizimlarini tarkibiy tuzilishi, shu jumladan kompyuter tarmog‘i kabellari, yong‘in va xavfsizlik signalizatsiya tizimlari, video kuzatuv tizimlari va nazorat qilish tizimlari va boshqalarni.
Mutaxassis quyidagilarni qo‘llay olishi kerak: -mavjud chizmalar va hujjatlarga muvofiq jihoz va simlarni tanlash va o‘rnataolishi;
-amaldagi standartlar va ko‘rsatmalar ga muvofiq har xil yuzalardagi kabellar va truboo‘tkazgichlarni o‘rnata olishi;
-kabel kanallari, quvurlar va gofra quvurlar ichida kabel va o‘tkazgichlarni tanlash va o‘rnata olishi;
-kabellarni amaldagi standartlarga muvofiq har xil turdagi lotoklar va yuza qismlarga o'rnatish va mahkamlay olishi;
-metall va plastmassa kabel kanallarini o‘rnata olishi;
-kerakli uzunlikda/burchakda aniq o‘lchash va kesa olishi;
-Ruxsat etilgan xatolik doirasida ramkanui uchma-uch oraliq chegaralari bilan deformatsiyasiz o‘rnata olishi;
-Qotirish yuzalarida,kabel kanallarida turli xil perexodnik, shu jumladan rezina halqalarni o‘rnatish va mahkamlay olishi;
-metall, plastmassa va egiluvchan quvurlarni o‘rnatish, ularni burish paytida buzmasdan yuzaga mahkamlay olishi; - quvurlarni, shitlarni, qutilarni va kabel kanallarini ulashda to'g'ri ichma-ich kiritish hamda biriktirishda rezina halqalardan foydalana olishi;
-yuzada har xil turdagi kabel kanal(lotok)larini o‘rnatish va mahkamlay olishi;
-yuza qismlarga shit, bokslarni va elektr jihozlarini texnik chizma va hujjatlarda ko‘rsatilgan talablar asosida xavfsiz usullar bilan o‘rnata olishi, unda quyidagilar mavjudligini taʼminlay olishi: -kirish avtomatik o‘chirgichlari;
-UZO; -avtomatik o‘chirgichlari;
-saqlagichlar; -boshqaruv qurilmalari (relelar, taymerlar, avtomatlashtirish qurilmalari). -elektr sxemalariga muvofiq boks va shit ichidagi o‘tkazgichlarni almashtira olishi;
-uskunani (tuzilmali kabel tizimlarini) amaldagi standartlar va qoidalarga va ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga muvofiq ulay olishi.