Mutaxassis quyidagilarni bilishi va tushunishi kerak: -ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammoli vaziyatlarni;
-muammoli vaziyatlarni hal qilishning asosiy yondashuvlarini;
-sohaning asosiy tendensiyalari va yo‘nalishlari, jumladan, “aqlli uy”, energiyani tejash kabi yangi texnologiyalar, standartlar va ish usullarini.
Mutaxassis quyidagilarni qo‘llay olishi kerak: -keyingi bosqichlarda muammoni minimallashtirish uchun ish jarayonini doimiy ravishda kuzatib bora olishi;
-isitish, shamollatish(ventilyasiya) kabi turdosh tizimlarning ishlashidagi nosozliklar bilan bog‘liq muammolarni aniqlay olishi;
-muammolarni hal etish uchun nosozliklar haqida maʼlumotlarni so‘ray olishi;
-muammolarni tez va aniq aniqlash va ularni mustaqil hal qila olishi;
-sifatni yaxshilash va mijozlar ehtiyojini qondirish uchun o‘z g‘oyalarini taklif qilish imkoniyatini topa olishi;
- yangi texnologiyalarni qo‘llashga istagi borligini namoyish qila olishi;
4. Ishlarni rejalashtirish va loyihalash
5
Mutaxassis quyidagilarni bilishi va tushunishi kerak: -har xil turdagi standartlar, diagrammalar, chizmalar, uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni;
-har xil holatlarda qo‘llash kerak bo‘lgan materiallar, jihoz va o‘rnatish usullari turlarini.
Mutaxassis quyidagilarni qo‘llay olishi kerak:
-diagrammalar, chizmalar va hujjatlarni o‘qishi, tushunishi va tuzata olishi, shu jumladan:
-qurilish chizmalari va elektr sxemalarini; -ishchi yo‘riqnomalarni;
-berilgan chizma va hujjatga muvofiq o‘rnatish(montaj) ishlarini rejalashtirishni