5
- fanni o‘rganishdan keyin talabalarda shakllantirilishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar
ro‘yxatini shakllantirish;
- baholash uchun yozma nazorat vazifalarini tayyorlash;
- mustaqil faoliyat uchun vazifalarni ishlab chiqish;
- semestr uchun topshiriq blokidagi vazifalarni guruhlash;
- nazoratlar sonini aniqlash;
- zarur axborot-uslubiy ko‘mak yaratish;
- talabaning mustaqil ishi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
- o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tanlash.
TMIni bosqichlari:
1) mustaqil ishning maqsadini aniqlash;
2) kognitiv (muammoli yoki amaliy) vazifani aniqlashtirish;
3) mustaqil ishni bajarish uchun talabaning tayyorgarligi;
4) mustaqil ishni bajarish uchun optimal uslublarni tanlash;
5) topshiriq bo‘yicha ishni rejalashtirish (mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi
yordamida);
6) mustaqil ishni bajarish va muddatida o‘qituvchiga taqdim etish.
TMIlari uchun vazifalar turlari:
Bilimga ega bo‘lish uchun: matnni o‘qish (darslik, manba, qo‘shimcha
adabiyot); hisobotlar, ma’lumotlar, tezislar tayyorlash, taqdimotlar, o‘quv-tadqiqot
ishlarini bajarish;
Bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirish uchun: matnni tuzish, matn rejasini
tuzish; tizimli va mantiqiy sxemalarni tuzish, klasterlar, matn strukturasini grafik
orqali boyitish; lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash, glossariylar, sinkveyn,
krossvordlar, testlar va ularga javob berish va boshqalar;
Ko‘nikmalarni shakllantirish uchun: amaliy vazifalar va mashqlarni bajarish,
namuna bo‘yicha; chizmalar, sxemalarni bajarish; hisoblash-ishlab chiqarish
(professional) vazifalarni tuzish va hal etish; modellarni ishlab chiqarish, biznes
o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish; tanlovlar, konferensiyalar, dizayn va professional
faoliyatning turli xil va tarkibiy qismlarini modellashtirish; tajriba-konstruktorlik
ishi; tajriba-eksperimental ishlar, audio va video yozuvlar, kompyuter texnikasi,
Internet va boshqalardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: