4
1. TUSHUNTIRISH XATI
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlarini
tashkil etish va uning
zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan, bu bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va
kasbiy malakasini shakllantirish shartlarini belgilovchi omil bo‘lib, o‘quv vazifalarini
mustaqil ravishda bajarish, tizimli faoliyat
yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy
munosabatlar, kelajakdagi mutaxassishi o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda katta
ahamiyatga ega.
Davlat ta’lim standartlari bitiruvchilarning umumiy ma’daniy
va kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirish, ta’lim vazifalarini mustaqil bajarish uchun
barqaror ko‘nikmalarni shakllantirish shartlarini
belgilovchi omil sifatida
talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish zarurligiga asoslanadi.
Kredit-modul tizimida Davlat ta’lim standarti talablari va o‘quv rejasiga
muvofiq talaba har bir fanni o‘zlashtirishi uchun ma’lum miqdordagi auditoriyadan
tashqari mustaqil ishni bajarishi shartligi belgilangan.
Talabalarning mustaqil
ishlarining hajmi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
«Elektr mexanik tizimlarni apparatlari, elementlari va o‘zgartkich texnikasi »
fani bo‘yicha talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishining maqsadi - fanning
asosiy
bilimlarini, ijodiy, tadqiqot faoliyati, mustaqillik, mas’uliyat va
tashkilotchilikni
rivojlantirish, ta’lim muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish
professional darajada bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari:
1) talabalarning olingan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini
tizimlashtirish va mustahkamlash;
2) nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
3) tanqidiy fikrlashni, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini takomillashtirish va anglash
qobiliyatini rivojlantirish;
5) tadqiqot qobiliyatini rivojlantirish, intellektual qobiliyatlarni shakllantirish;
6) talabaning darsdan tashqari mustaqil ishlash jarayonida to‘plangan va olingan
materiallardan imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanish.
Dostları ilə paylaş: