Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish
texnologiyasi
F.A.Mustafaqulova
F.A.Davlatova
O.U.Turg’umboyev
M.I.Mamedova
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada entomopatogen
bakteriyalar orasida keng
ishlatiladigan BT-preparatining hashoratga nisbatan verulentligi, atrofdagi flora va
faunaga beziyonligi, zararkunandaga ancha tez ta’sir etishilari jihatidan ajralib turishi
xaqida so’z yuritilgan
Kalit so’zlar: mikrob, biopreparat, zararkunanda, toksin
Technology of isolation of bacterial entomopathogenic drugs
F.A.Mustafaqulova
F.A.Davlatova
O.U.Turgumboyev
M.I.Mamedova
Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology
Abstract: This article discusses the differences between BT-drugs, which are
widely used among entomopathogenic bacteria, in terms of their verulence against
insects, their vulnerability to the surrounding flora and fauna, and their rapid response
to the pest.
Keywords: microbe, biopreparation, pest, toxin
Sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha ishlab chiqariladigan
mikrob preparatlari
orasida bakterial preparatlar keng tarqalgandir. Ular hashoratga nisbatan verulentligi,
atrofdagi flora va faunaga beziyonligi, zararkunandaga ancha tez ta’sir etishilari
jihatidan ajralib turadi.
Shu paytgacha tadqiq qilingan entomopatogen bakteriyalar orasida keng
qo’llanilishi nuqtai nazaridan grammusbat bakteriya
Bas. thuringiyensis ni keltirib
o’tish mumkin. Bu bakteriya hashorat ichiga kirgandan so’ng, u hashoratni karaxt
qilib qo’yadigan sporalar hosil qilishdan tashqari, o’sish jarayonida qator toksik
birikmalar ishlab
chiqaradi, bu birikmalarining bo’lishi esa, muayyan bakteriyalar
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
153
negizida ishlab chiqariladigan preparatlarning samaradorligini oshiradi.
Bakteriyalar
tomonidan ishlab chiqariladigan toksik preparatlar orasida quyidagi to’rt xil
komponentni alohida ko’rsatib o’tish mumkin:
1.
Alfa-ekzotoksin, yoki fosfolipaza S-bakteriyalarning o’sayotgan hujayralarini
mahsuloti.
Bu
fermentning
toksik
ta’siri
hashoratlar
to’qimalaridagi
almashinmaydigan fosfolipidlaning parchalanishini indusirlaydi va bu narsa o’z
navbatida modda almashinuvini izdan chiqaradi, eng so’nggida
esa hashoratning
o’limiga olib keladi;
2.
Beta-ekzotoksin, yoki termostabil toksin. Bakteriyani o’stirish suyuqligida
hujayravni o’sishiga mos holda yig’iladi. Toksin tarkibiga o’zaro teng nisbatda
adenin, riboza va fosfat kislota kiradi. Beta-kirgandan so’ng, u hashoratni karaxt qilib
qo’yadigan sporalar hosil qilishdan tashqari, o’sish jarayonida qator toksik birikmalar
ishlab chiqaradi, bu birikmalarining bo’lishi esa, muayyan bakteriyalar negizida
ishlab chiqariladigan preparatlarning samaradorligini oshiradi. Bakteriyalar
tomonidan ishlab chiqariladigan toksik preparatlar orasida quyidagi to’rt xil
komponentni alohida ko’rsatib o’tish mumkin:
1
. Alfa-ekzotoksin, yoki fosfolipaza S-bakteriyalarning o’sayotgan hujayralarini
mahsuloti.
Bu
fermentning
toksik
ta’siri
hashoratlar
to’qimalaridagi
almashinmaydigan fosfolipidlaning parchalanishini indusirlaydi va bu narsa o’z
navbatida modda almashinuvini izdan chiqaradi, eng so’nggida esa hashoratning
o’limiga olib keladi;
2.
Beta-ekzotoksin, yoki termostabil toksin. Bakteriyani o’stirish suyuqligida
hujayravni o’sishiga mos holda yig’iladi. Toksin tarkibiga o’zaro teng nisbatda
adenin, riboza va fosfat kislota kiradi. Beta-ekzotoksinni nukleotidning riboza va
glyukozaning allosliza kislotasi bilan birgalikdagi birikmasi deb taxmin qilinadi.
Toksinning hashoratga ko’rsatadigan ta’sir spektri juda keng, ayniqsa uning
rivojlanishini
dastlabki davrida Bas. thuringiyensis ishlab chiqaradigan boshqa
toksinlarga qaraganda uning ta’siri sekinroq bo’ladi va odatda hashoratning bir
rivojlanish davridan boshqasiga o’tishda yuz beradi. Ko’p to’liq rivojlanish davri :
tuxum - lichinka - qurt – g’umbak – kapalak sikliga ega bo’lgan hashoratlar uchun
subletal dozali zaharlanishlar qayd qilingan. Hashoratlarning rivojlanish bosqichlari
bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar, beta-ekzotoksinni mutagen ta’sirga ega ekanligini,
u hashoratlarni gen apparatini ishdan chiqarishini tastiqlaydi;
3.
Gamma-ekzotoksin, kam o’rganilgan komponent, hali identifikasiyalanmagan
ferment (yoki fermentlar guruhi). Uning toksikligi
ishonchlilik darajasida
isbotlanmagan;
4.
Sigma-enzotoksin, yoki parasporal endotoksin. Bakteriyani sporalanish
jarayonida spora shakllanadigan qismiga qarama-qarshi bo’lgan qismida hosil
bo’ladi. Spora hosil bo’lish jarayonini nihoyasida bu toksin to’g’ri sakkiz qirrali
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
154
kristall shakliga o’tadi. Kristallarning sintezi stasionar fazada 3 soatda amalga oshadi.
Kristallarning kimyoviy tarkibida an’anaviy elementlar va aminokislotalar tarkibiga
kiruvchi: karbon, azot, vodorod, kislorod, oltingugurtdan tashqari yana 19 xil element
bo’ladi. Kristallar oqsildan tashkil topgani va har xil shtammlardan olingan
preparatlarning aminokislota tarkibi bo’yicha o’zaro o’xshashligi isbotlangan.
Kristalning tuzilmaviy butunligi aftidan oqsilning kremniy bilan bog’langanligi
bilan bog’liq. Kristall oqsilning kimyoviy tabiati jihatidan spora po’sti oqsiliga
o’xshash. Spora po’stida oshiqcha miqdorda oqsil hosil bo’lishi natijasida shu xildagi
kristall hosil bo’ladi degan taxmin bor. Bu kristall
oqsilning hashoratga qanday
mexanizm orqali ta’sir etishi aniqlangan. Hashorat o’lishi uchun kristallar uning
organizmiga kirishi kerak.
Kristallar qurt tomonidan yutilgandan keyin u oziqlanmay qo’yadi. Ko’p
xollarda sigma-toksinning birlamchi ta’sir ko’rsatadigan ichak qismi uning o’rta
qismi hisoblanadi. Kristallarga nisbatan reaksiyasiga qarab hashoratlarni uch guruhga
bo’lish mumkin:
- umumiy paralich (falaj);
- ichakning o’rta bo’limini paralichi (falaji);
- kristallarga nisbatan moyillikka ega emas, lekin yaxlit preparatga nisbatan
sezgirlikni namoyon qiladi.
Ko’p hashoratlar uchinchi guruhga kirib: endotoksin ta’sirida o’lmasdan, balki
sporalarning o’sishi va bakteriyalarning keyingi bosqichda jadal ko’payishi natijasida
nobud bo’ladilar.