Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni



Yüklə 99,59 Kb.
səhifə5/6
tarix18.04.2022
ölçüsü99,59 Kb.
#55666
1   2   3   4   5   6
BALANS TUZILISHI VA UNING MODDALARI MAZMUNI

AKTIV PASSIV


Xo’jalik mablag’larining turlari va ularning

joylanishi


Summa


Xo’jalik mablag’lari manbalri va ularning tayinlanishi

Summa


  1. Uzoq muddatli aktivlar

  2. Aylanma aktivlar




  1. O’zlik

mablag’lar manbalri

  1. Majburiyatlar




Balans

Summa

Balans

Summa


=
Balans



Aktivlar

=


Xususiy kapital







+

Majburiyatlar






ХO’JALIK MUOMALALARINING BALANSGA TA’SIRI


Har bir xo’jalik yurituvchi sub’yektda o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik muomalalari sodir bo’ladi. Barcha xilma-xil xo’jalik muomalalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. 1972 yili professor A.S. Sotvoldiev tomonidan o’zbek tilida chop etilgan (Toshkent - 1972) “Kolxoz va sovxozlarda asosiy ishlab chiqarish-moliyaviy muomalalari bo’yicha buxgalteriya balansidagi schyotlar korrespodentsiyasi”da 1401 xo’jalik muomalalari keltirilgan. Agar hozirgi vaqtda hisobning yangi ob’yektlari (lizing, nomoddiy aktivlar, investitsiya, veksel va sh.k.) vujudga kelganini inobatga olsak, mavjud xo’jalik muomalalari ikki mingdan ham ko’p bo’lishi mumkin.

Bu xo’jalik muomalalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta'sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jalik muomalalari balansga faqat to’rt yo’l bilan ta'sir etadi.

Birinchisi, shunday xo’jalik muomalalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta'sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Ikkinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta'sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Uchinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta'sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.

To’rtinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta'sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi.

Balansga ta'sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.

Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan muomalalar ta'sirida uzluksiz o’zgarib turadi.

Bu o’zgarishlar balansga albatta ta'sir etadi.

Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan:

BALANS


(Boshlang’ich, qisqartirilgan)


Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning

joylanishi



Summa

Mablag’lar manbai va

ularning tayinlanishi



Summa

Asosiy vositalar

3500000

Ustav jamg’armai

4000000

Xom ashyo va materiallar

1000000

Foyda

300000

Kassa

1000

Bank kreditlari

200000

Hisob-kitob schyoti

499000

Mol yetkazib beruvchi

500000

JAMI

5000000

JAMI

5000000

Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik muomalalarida qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e'tibor beramiz: ular yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki holati katta o’zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.



Birinchi muomala. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 600 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 600 so’mga kamayadi va 400 (1000- 600) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo’lishiga olib keladi.

Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 600 so’mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu muomala ta'sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktividir. Mazkur hodisadan mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tishigina sodir bo’ladi. Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.

Birinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

BALANS


(birinchi muomaladan keyin)


Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ular qanday maqsadga

atalganligi



Summa

Asosiy vositalar

3500000

Ustav jamg’armai

4000000

Xom ashyo va materiallar

1000000

Foyda

300000

Kassa

400

Bank kreditlari

200000

Hisob-kitob schyoti

499000

Mol yetkazib beruvchi

500000

Debitorlar (60)

600

-

-

Jami

5000000

Jami

5000000


Ikkinchi muomala. Sof foydaning bir qismi (100000 so’m) hisobidan korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan rezerv kapital tashkil etilgan.

Mazkur muomala korxonaning taqsimlanmagan foydasini 100000 so’mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga dargumon qarzlar bo’yicha zahira. Demak, endi foyda miqdori 200000 (300000-100000) so’mni zahira jamg’armai esa - 100000 so’mni tashkil qiladi.

Ikkinchi muomala natijasida faqat mablag’lar manbai o’zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zahira jamg’armai) paydo bo’ladi. Bu muomala faqat passiv va kontraktiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.

Ikkinchi muomaladan keyingi balansni tuzamiz:

BALANS

(ikkinchi muomaladan keyin)




Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ular

qanday maqsadga atalganligi



Summa

Asosiy vositalar

3500000

Ustav jamg’armai

4000000

Xom ashyo va materiallar

1000000

Rezerv kapitali

100000

Kassa

400

Foyda

200000

Hisob-kitob schyoti

499000

Bank kreditlari

200000

Debitorlar

600

Mol yetkazib beruvchi

500000

Jami

5000000

JAMI

5000000

Uchinchi muomala. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 250000 so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi.

Mazkur muomala, birinchidan, materiallarning miqdorini ko’payishiga olib keladi. Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 250000 so’mga oshadi. Ikkinchidan, materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani uchun, korxonaning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar » moddasi bo’yicha aks ettirilib, uning summasi ham 250000 so’mga oshadi va 750000 so’mga teng bo’ladi.

Balansda aks etirilish tavsifi bo’yicha ushbu muomala oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o’zida aktivga ham, passivga ham tegishlidir. Lekin uning aktivda ham, passivda ham yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo’naltilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o’zgaradi va ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.

Uchinchi muomaladan keyin balans quyidagicha bo’ladi:

BALANS

(uchinchi muomaladan keyin)




Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ular qanday maqsadga

atalganligi



Summa

Asosiy vositalar

3500000

Ustav jamg’armai

4000000

Xom ashyo va materiallar

1250000

Rezerv kapitali

100000

Каssа

400

Foyda

200000

Hisob-kitob schyoti

499000

Bank kreditlari

200000

Debitorlar

600

Mol yetkazib beruvchi

750000

JAMI

5250000

JAMI

5250000


To’rtinchi muomala. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni uzish uchun 200000 so’m o’tkazilgan.

Bu muomala hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-kitob schyoti» bo’yicha summa 299000 (499000 – 200000) so’mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (200000 – 200000) gacha kamayadi, ya'ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.

To’rtinchi muomala balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu muomaladan keyin ham saqlanib qoladi.

To’rtinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

BALANS

(to’rtinchi muomaladan keyin)




Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ular qanday maqsadga

atalganligi



Summa

Asosiy vositalar

3500000

Ustav jamg’armai

4000000

Xom ashyo va materiallar

1250000

Rezerv kapitali

100000

Каssа

400

Foyda

200000

Hisob-kitob schyoti

299000

Bank kreditlari

-

Debitorlar

600

Mol yetkazib beruvchi

750000

JAMI

5050000

JAMI

5050000

Keltirilgan to’rtta muomalalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi (balans o’zgarishlarining turlari).

Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta'sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi muomalalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansda uning aktivi va passivini o’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa muomalalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta'sir etadi. Bunda qar ikkala ta'sir qilinadigan moddalar ularning yoki ko’payishi (uchinchi muomala) yoki kamayishini (to’rtinchi muomala) yuzaga keltiradi.

Balans yakunlari tegishli tartibda ko’payadi yoki kamayadi/ bu balans o’zgarishlarining uchinchi va to’rtinchi turlaridir/

Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar tiplarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

Aktiv

Passiv

Ko’payish

Kamayish

Ko’payish

Kamayish

1 t.o’. 2 t.o’.

3 t.o’.



4 t.o’.
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya'ni har qanday muomala uning albatta ikki moddasiga ta'sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv

o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun zarurdir. Muomalalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlash hech qanday aloqasi yo’q.




Yüklə 99,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin