Bank buxgalteriya hisobotlari



Yüklə 30,97 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü30,97 Kb.
#178200
1   2
BANK BUXGALTERIYA HISOBOTLARI

Tijorat bankarining moliyaviy hisobotlari

Yillik buxgalteriya hisoboti tarkibi, mundarijasi va uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi banklarining alohida ko‘rsatmalari bilan belgilab qo‘yiladi. Respublika tijorat banklari buxgalteriya balanslarini nusxasini va boshqa shakldagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli departamentlariga taqdim etadi.
Hozirgi kunda banklar yil tugagandan so‘ng «balans hisoboti» deb yuritiladigan hisobot tuzadi.
Balans ikki qismidan, ya’ni aktiv va passiv qismlardan iborat. Aktiv va passiv tomonlarning o‘zaro tengligi balans to‘g‘ri chiqarilganligi-bank ish kuni to‘liq yakunganliganligini bildiradi. Balansning aktiv tomoni naqd pullar, Markaziy bank vakillik hisobvarag‘i, xorijiy valutadagi pul mablag‘lari, majburiy zaxiralar fondi, qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kabi asosiy hisobvaraqlardan tashkil topgan. Passivlar qismi o‘z ichiga depozitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank chiqargan qarz majburiyatlari, aksionerlik kapitali kabi hisobvaraqlarni oladi.
Naqd pullar - bank mablag‘lari toifasi bo‘lib, bankning to‘lov faoliyatining ahvolini belgilaydi va mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini qondirish uchun bankning mijoz oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ochib beradi.
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘lib, unda ayni paytda bankda mablag‘lar borligi aks ettiriladi. Har qanday bankning hisobvarag‘i Markaziy bankda turadi va aktiv hisobvaraq hisoblanadi. Mablag‘ o‘tkazish yoki mablag‘larning tuzilishi bo‘yicha bank amalga oshiradigan hamma operasiyalar vakillik hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Xorijiy valutadagi pul mablag’lari – tijorat banklarining valuta bozoridagi operasiyalari hajmini belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarda – tijorat bankining fond bozoridagi operasiyalari aks ettiriladi va balans aktivining boshqa ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operasiyalarda bankning amaliy faolligini ifodalaydi. Tijorat bankining qimmatli qog‘ozlari emitentlar maqomiga qarab ikki toifaga bo‘linadi:

    • Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar;

    • xo‘jalik yurituvchi subyektlar chiqargan qimmatli qog‘ozlar.

Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar yuqori darajada likvidligi bilan ajralib turadi, ammo bu qog‘ozlarning daromadliligi boshqa emitentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarnikidan bir muncha past bo’ladi.
Kreditlar – tijorat banklarining kreditga doir operasiyalari bo‘yicha bank foyda olishining belgilovchi moddasi hisoblanadi. Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasniflanadi.
Sarmoyalar – bankning xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar, moliya tashkilotlari faoliyatidagi ulushli ishtirokini ko‘rsatadi. Bank sarmoyalari korxona faoliyatini boshqarish yo‘li bilan foyda, dividendlar yoki boshqa turdagi daromad olish maqsadida bank turli loyihalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmini ifodalaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operasiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega bo‘lishi lozim. Endi bank balansining passiv qismidagi moddalar bilan tanishib chiqamiz.
Bank balansining passiv qismi depozitlardan boshlanadi. Depozitlar – bankning boshqa subyektlardan xarid qilingan manbalarini ifodalaydi. Ular talab qilib olinadigan, jamg‘armali va muddatli depozitlarga bo‘linadi. Talab qilib olinadigan depozitlardan tashqari barcha depozitlar kredit resurslarining eng barqaror manbalaridan hisoblanadi. Jalb qilingan manbalardan muddatli depozitlar ulushining oshishi qo‘yimalarni uzoqroq muddatga, shu bilan birga, yuqoriroq foiz bilan amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bankning omonatlar (depozitlar) bo‘yicha foiz xarajatlarni qisqartiradi va foyda olish hamda likvidlik manfaatlariga hizmat qiladi.
Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat bankining moliyaviy faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 42-moddasiga, shu bilan birga,
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Buxgalteriya hisobi» to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq banklarning e’lon qilinadigan hisobotlariga doir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari to‘g‘risida Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizomning ishlab chiqilishi Tijorat banklari yillik hisobotlarining ochiq matbuotda e’lon qilinishi dunyoda muayyan darajada oshkoraligi bilan ajralib turadigan bank tizimini yaratish uchun dastlabki qadam bo‘ldi. Nizomga ko‘ra barcha banklar o‘z yillik hisobotlarini, jumladan balans hisobotini matbuotda e’lon qilishlari lozim. Bu esa 1-sonli MHXSlari talablariga mos keladi.




151



Yüklə 30,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin