Bank-dsq” axborot tizimi



Yüklə 470,52 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü470,52 Kb.
#158415
  1   2
“BANK-DSQ” AXBOROT TIZIMI



Tayyorladi: TOLIPOVA KAMOLA

BANK-DSQ” AXBOROT TIZIMI




O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qo‘shma qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi



Foto: Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati
.
Bu qaror loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama va tanqid qilinib, yashirin iqtisodiyotning «gullab-yashnashi»ga olib kelishi mumkinligi aytildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu masala yuzasidan o‘z munosabatini bildiradi.
Aksariyat xorijiy mamlakatlar tijorat banklarida AML («Anti-Money Laundering» – «Pul yuvishga qarshi kurash) va KYC («Know Your Customer» – «O‘z mijozingni bil») tizimlari ishlaydi. Tijorat banklari ulardan foydalanish jarayonida shubhali operatsiyalarni tahlil qiladi va noqonuniy pul oqimlari belgilari aniqlansa, bu haqda soliq idoralariga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash organlariga xabar beradi.
O‘zbekistonda soliq organlari tijorat banklaridan bunday ma'lumotlarni olmaydi. Bu borada nazorat yo‘qligi «yashirin iqtisodiyot»ning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy omillaridan biridir.
2020 yil yanvar oyining o‘zida sotuvdan tushgan daromadlari kamaygan 185ta korxona tahlil qilinganda, jismoniy shaxslarning to‘lov kartalari orqali 6,3 mlrd. so‘m miqdorida tovar aylanmasi borligi aniqlandi. Shuncha vaqt davomida ular 27519ta tranzaksiyani amalga oshirgan. Bunda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash faktlari mavjud bo‘lib, ushbu summa hech qanday rasmiy hujjatlarda aks ettirilmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda parlamentga qilgan murojaatida «Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan «yashirin iqtisodiyot»ga barham berilmas ekan, sog‘lom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi» deb ta'kidlagan edi. Buni inobatga olgan holda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi DSQ va MBning qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Yüklə 470,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin