20
Aktivlarning maqsadga muvo
fi
q joylashishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich bu
daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar
summasiga nisbati bilan
aniqlanadi. Bankning daromad keltiruvchi asosiy aktivlari bu mijozlarga be-
rilgan kreditlardir. Bankning ikkinchi daromad kel tiruvchi aktiv turi bu dav-
latning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)ga jalb qilingan aktivlardir.
Banklarning daromad kelti ruvchi aktivlari qatorida banklararo kreditlar va
investitsiyalar kichik salmoqni tashkil qiladi.
Bankining aktiv operatsiyalarida daromad
keltiruvchi aktivlarni
ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qis-
mini daromad keltirish uchun joylash muhim ahamiyat kasb etadi. Daromad
keltiruvchi aktivlarning asosiy daromad tarkibi foizli daromadlardir. Foizli
daromad manbayi kreditlarni
bir soha yoki tarmoqqa emas, balki bir nechta
tarmoqqa joylashtirish kerak. Banklarda daromadlar tarkibini ko‘paytirish
uchun bank
daromad keltiruvchi xizmatlar turini ko‘paytirishi kerak.
Bankning daromad keltirmaydigan aktivlariga quyidagilar kiradi;
• kassadagi naqd pullar va boshqa pul mablag‘lari;
• asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar;
• kapital
va boshqa joriy xarajatlar;
• Markaziy bankdagi vakillik va zaxira fondi hisobraqamlar qoldig‘i.
Bank aktivlari xajmida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini
yuqori bo‘lishi bankning resurslar bazasidan samarasiz foydalanilganini ifo-
dalaydi.
Bankka daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarni tahlil
qilish, ularning funksiyalari iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda ular tarkibini
o‘zgartirib turish kerakligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon bermoqda. Iqti-
sodiy beqarorlik sharoitida faoliyatsiz aktivlarning ko‘pgina
qismi faoliyat qila-
yotgan aktivlarning elementlariga aylanadi, ko‘pincha bu valyuta va harakatsiz
aktivlarga tegishlidir. Bank o‘zlarining balanslari strukturasini doimiy ravishda
uning daromadliligi nuqtayi nazaridan tahlil qilib borishlari kerak.
2.2-jadval
Dostları ilə paylaş: