Bank faoliyati indd


 Tijorat banklari kreditlarining umumiy tahlili



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/77
tarix28.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#200811
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.

5.3. Tijorat banklari kreditlarining umumiy tahlili
Tijorat banklari kredit operatsiyalarini tahlil qilganda kredit resurslari-
ning manbalari, kreditlarning (umumiy kredit portfelining) tarmoqlar, hudud-
lar bo‘yicha yo‘naltirilganini, hamda mijozlarning mulk shakllari bo‘yicha 
tahlil qilish mumkin. Tijorat banklari kredit portfeli manbai bo‘lib, o‘z 
mablag‘lari (xususiy kapitali) va chetdan jalb qilingan mablag‘lar bo‘lishi 
mumkin. Banklarning o‘z mablag‘lari manbai barcha mablag‘laridagi hissasi 
qanchalik katta bo‘lsa, bank shunchalik moliyaviy mustahkam bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti I.A. Karimovning 2005-yil 15-
apereldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tad-
birlari to‘g‘risida»gi qarori ham tijorat banklari xususiy kapitali miqdorini 
oshirib, ularning moliyaviy mustahkamligini yaxshilashga qaratilgan.
Tijorat banklari barcha tarmoq korxonalariga kreditlar beradi. Lekin 
kreditlarning tarmoqlar bo‘yicha berilishini tahlil qilganda, Respublikadagi 
aksiyador tijorat banklarining ko‘pi tarmoq xususiyatlari bo‘yicha tashkil 
etilganligini va o‘sha tarmoq (Sanoatqurilish bank uchun sanoat korxonalari, 
Savdogarbank uchun asosan savdo tashkilotlari va hakazo) ustuvor ekanli-
gini hisobga olish zarur bo‘ladi. Masalan, Agrobank 2009-yilda barcha kre-
ditlarning 35,0 % ni sanoat tarmoq korxonalarga, 41,0 % ni qishloq xo‘jaligi 
subyektlariga, 22,0 % ini savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 2,0 % i 
esa xizmat ko‘rsatish sohasiga berilgan Respublika aksiyadorlik «Ipak yo‘li» 


72
tijorat bankida esa 2009– yilda kredit portfelining 49,1 % i sanoat korxona-
lariga, 30,9 % i savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 3,6 % igina qishloq 
xo‘jaligiga 2,6 % qurilish sohasiga, 3,3 % i uy-joy va kommunal xizmatlari 
sohasiga tegishli bo‘lgan. Ko‘rib turganimizdek, kreditlarning katta qismi 
xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i-sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelayapti.
Tijorat bank kreditlarini qarzdorlar (mijozlar) bo‘yicha ham guruhlash 
mumkin. Bunda davlat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar 
va jismoniy shaxslar (fuqarolar)ga berilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha tahlil 
qilish mumkin. 
5.1-jadval

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin