75
Kreditning aylanuvchanligi hisobot davridagi kredit aylanmasi (kredit
aylanma summasi – mijozlardan qaytarib olingan kreditlar summasining
yig‘indisi tushiniladi) summasini kredit resurslarining o‘rtacha
summasiga
bo‘lib topiladi.
Kaym =
KR
Kay
;
Bu yerda: Kaym – kredit aylanuvchanligi martalar:
Kay – kredit aylanmasi summasi;
KR – kredit resursi o‘rtacha summasiga.
Misol. Tijorat banki 40,0 mln. so‘mlik o‘rtacha kredit resursiga ega. Tah-
lil qilinayotgan davrda turli mijozlarga 160,0 mln. so‘mlik kredit berilgan.
Shundan 152,0 mln. so‘m mijozlardan muddati tugaganligi sababli qaytarib
olingan. Tahlil qilinayotgan davr oxiriga muddati tugamaganligi sababli 8,0
mln. so‘mlik kredit qaytarilmagan. Demak kredit aylanuvchanligi (Kaym)
quyidagicha topiladi:
Kaym =
marta
Kr
Kay
8
,
3
0
,
40
0
,
152
=
=
Demak, bankning mavjud 40,0 mln. so‘mlik kredit resursi,
ushbu davrda
3,8 marta aylangan. Boshqacha qilib aytganda 1 so‘m kredit resursi 3,8 so‘m
bo‘lib kredit berishda ishlatilgan. Kredit aylanuvchanlik martalarda aniq
bo‘lganda, kreditning o‘rtacha necha kunda aylanganligini (Kayk) topish
mumkin. Buning uchun davrdagi kalendar kunlar sonini (D) kredit aylanuv-
chanligi martalariga bo‘lamiz.
Kayk =
Kaym
D
;
Agarda
yuqoridagi misolda, tahlil qilinayotgan davr bir yil bo‘lsa, kalen-
dar kunlar soni – 365 kun bo‘lib, kreditning o‘rtacha aylanish kunlari:
Kayk =
=
8
,
3
365
96 kun bo‘ladi.
Tijorat banklari kredit resurslarining foydalanish samaradorligini ular-
ning daromadlilik va rentabillik (foydalilik) darajalari ko‘rsatkichlari ham
ifodalaydi. Kredit resurslarining daromadlilik darajasi (Krd) kredit berishdan
olingan foiz daromadlari (FD) summasini kredit resurslarining (KR) o‘rtacha
qoldig‘iga bo‘lib topiladi.
Krd =
;
100
К R
FDх
76
Kredit resurslarining rentabellik darajasi (Krr)
tijorat banki sof foydasini
(SF) kredit reurslari o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lib topiladi.
Krr =
;
К R
SF
Tahlilda bu ko‘rsatkichlarning dinamik miqdorlari taqqoslanib ularning
ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlari aniqlanadi. Omillar ta’siri o‘rganilib, kredit
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgila-
nadi.