85
bank aktivlarida qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning juda
oz miqdorni tashkil etishi bilan izohlanadi. Keyingi davrda bankning li zing
operatsiyalari va ulardan olingan daromadlar miqdorining oshib borishi ku-
zatiladi. Ushbu operatsiyalardan bankning joriy yilda olgan daromadlari,
o‘tgan yilga nisbatan 33,2 foizga oshgan. Foizsiz daromadlarning asosiy qis-
mi ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan bo‘lib, uning asosiy qismini esa
mijozlarga hisob-kitoblarda vositachilik evaziga hosil bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda, bank kelgusi davrda o‘zining kredit va foiz si-
yosatini tubdan qayta ko‘rib chiqishi, ko‘proq daromad keltiradigan fakto-
ring va lizing operatsiyalarini kengaytirishi va investitsion siyosatiga ham
o‘zgartirishlar kiritishi lozim bo‘ladi.
Shuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, banklarining faoliyati niho-
yatda keng qamrovli va xilma xildir.
So‘nggi vaqtlarda bank ishiga kiritilayotgan muhim yangiliklardan biri
kredit kartochkalarini qo‘llash, ishbilarmonlar
fi
rmalarga zamonaviy xalqa-
ro andozalar asosidagi buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish, faktoring ope-
ratsiyalari, ijarani moliyalashtirish, yevro-dollar bozoridagi operatsiyalarda
ishtirok etish favqulotda holatlarda pul hujjatlarini inkassatsiyalash uchun
abonent yashiklari tizimidan foydalanish va boshqalar.
Dunyo miqyosda tan olinayotgan eng ilg‘or va zamonaviy bank tex-
nologiyalarini O‘zbekiston bank tizimiga qo‘llash, bu o‘z-o‘zidan bank daro-
madlarining ko‘lamini kengaytirib bormoqda.
Bank daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan farq-
lanib turuvchi xususiyati – bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori
daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi.
Bank resurslarini tashkil qilish imkoniyatlari iqtisodiyot uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Ular moslashuvchan kredit tizimini amalga oshirmoqda,
qaysiki iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga zarur shart-sharoitlarni yaratib
bermoqda.
Dostları ilə paylaş: