Bank faoliyati indd



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/77
tarix28.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#200811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.

1-BOB
.
BANK FAOLIYATI TAHLILI FANINING PREDMETI
MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1. Bank faoliyati tahlilining asoslari va ahamiyati
1.2. Bank faoliyati tahlili fanining maqsad va vazifalari
1.3. Bank faoliyati tahlilining turlari
1.1. Bank faoliyati tahlilining asoslari va ahamiyati
Har qanday jarayonning keyingi taqdiri uni har tomonlama chuqur tah-
lil etilishiga asoslanadi. Ayniqsa iqtisodiy jarayonlarning takomillashuvi va 
rivojlanishini iqtisodiy tahlilsiz tasavvur etish mumkin emas.
Bozor iqtisodiyoti davrida banklar Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek 
iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini tartibga solish
muvo
fi
qlashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki, banklar 
iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini 
bajarar ekan, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank 
tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 
ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan 
tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali 
amalga oshiriladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va 
samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish 
mumkin emas.
Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa uning mijozlari o‘z 
faoliyatini uzliksizligini ta’minlashning iloji bo‘lmay qoladi. Mijozlar faoli-
yati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoli-
yat yuritishiga bog‘liqdir.
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini qamrab olgan, 2008-yilda boshlan-
gan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqrozining asosiy sabablaridan biri sifati-
da, – «...banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zai
fl
igi bilan bog‘liq 
muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, 
pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi»
1
.
1
I.A.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning yo‘llari va choralari.– T.: «O‘zbekiston», 2009. 8-bet.


5
Yuqorida bildirilgan 
fi
klarning barchasi banklar faoliyati bilan butun iqti-
sodiy jarayonlarning uzluksiz ravishda bog‘liqligini bildiradi.
Shunday ekan, banklar faoliyatini izchil, chuqur va ilmiy asoslangan ra-
vishda uzluksiz tahlil etib borish, ular faoliyatining barqarorligini ta’minlash 
muhim iqtisodiy masalalardan biri bo‘lib qolaveradi va ulkan ahamiyat kasb 
etadi.
Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq 
zarur bo‘ladi. Buning uchun esa eng avallo bankning mohiyati, bajaradigan 
vazifalari, ushbu vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank 
faoliyatiga tegishli jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish 
uchun lozim bo‘lgan mablag‘lar va ularning manbalari, o‘z mablag‘lari ham-
da majburiyatlari tarkibi, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masala-
lari, ushbu mablag‘larni samarali yo‘naltirish, bankning likvidliligi, to‘lov 
qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar chuqur o‘rganilmog‘i zarur.
Yuqorida bildirilgan 
fi
krlarni umumlashtirgan holda, Bank faoliyati tahlili 
fanining predmeti, bank faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi iqtisodiy jarayon-
larni uzsluksiz ravishda o‘rganishdan iboratdir.
Bank faoliyati tahlili fani banklarda muomaladagi bo‘sh mablag‘larni 
o‘ziga jalb etish, o‘z mablag‘larini to‘plash va boshqarish, jamlangan pas-
sivlarning aktiv operatsiyalarga joylashtirish, aktivlarni boshqarish daromad 
va xarajatlarni shakllantirish hamda mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni o‘rganadi.
Har qanday tahlil kabi, banklar faoliyati tahlili jarayonida birinchidan
haqiqiy holat o‘rganiladi, ikkinchidan, haqiqiy holat normativ ko‘rsatkichlar 
bilan taqqoslanadi uchinchidan, olingan natijalarga ta’sir etuvchi omillar va 
ular ta’sirining bank faoliyatiga ta’siri tahlil qilinib faoliyatni yanada tako-
millashtirish yuzasidan bank boshqaruviga takli
fl
ar tayyorlanadi. Shunday 
ekan, Bank Boshqaruvi tomonidan bank faoliyati samaradorligini oshirish 
uchun qabul qilinadigan qarorlari albatta bank faoliyati tahlil natijalariga 
asos lanadi. Qabul qilingan qarorlarning samarasi faoliyat tahlili natijalari-
ning nechog‘lik to‘g‘riligiga proporsional ravishda bog‘liqdir.
Bank faoliyati tahlilining asoslari quyidagilar hisoblanadi:
• birinchidan, bank balansi ma’lumotlari (1-ilova);
• ikkinchidan, bank daromad va xarajatlari (moliyaviy natijalar) balansi 
(2-ilova);
• uchinchidan, bank buxgalteriyasi analitik va sintetik hisob raqamlari 
ma’lumotlari (hisobvaraqlar rejasi 3-ilova);
Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlardan biri bo‘lib, banklarda kun-
lik balans hisobotlari tuziladi. Har bir ish kuni oxirida, bankning har bir 
fi
liali 


6
tomonidan balans tuziladi va u Respublika Boshqaruvi tomonidan umum-
lashtiriladi. Bu holat bank faoliyatini tezkor ravishda tahlil qilib borish im-
koniyatini yaratadi.
Bankning daromadlari va xarajatlari balans ma’lumotlariga asosan uning 
daromadlari manbalari, miqdori, xarajatlarining turlari va hajmi hamda faoli-
yat samaradorligi tahlil qilinadi.
Bank faoliyatini operativ (tezkor) tahlil qilishda analitik va sintetik hisob 
raqamlar oboroti va qoldig‘idan foydalanadi. Shunday ekan, 1,2,3-ilovalarda 
keltirilgan ma’lumotlar bank faoliyatini tahlil qilishning asosini tashkil eta-
di.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin