12
bilan birga, bank tomonidan harakatdagi to‘lovlar ketma-ketligiga rioya etish
darajasi ham o‘rganiladi.
Ichki tahlilning asosiy maqsadi, faoliyat samaradorligini oshirishga qara-
tilgandir. Bunda faoliyatdagi qonun va qoidadan chetlashishlar, yo‘l qo‘yilgan
xato va kamchiliklar, bankning har operatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniq-
lanishi lozim. Tahlil natijasida Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashiga zarur
informatsiyalar taqdim etish, hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yu-
zasidan
fi
kr mulohazalar bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bank faoliya-
tini yoki ayrim hududlar doirasida kompleks ravishda tahlil qilish bank ichki
audit xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha
tahlil asosan ushbu faoliyatni tashkil etish uchun tashkil etilgan departament
yoki boshqarmalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bankning har bir operatsiyasi yuzasidan asosiy tahlil esa joriy ravishda
ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblangan xodimlar to-
monidan amalga oshirilishi lozim. Bu uning funksional vazifalari sirasiga
kiradi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, tashqi tahlil ma’lumotlaridan
foydalanuvchilar, kreditorlar, investorlar, omonatchilar, auditorlar va boshqa
bank faoliyati bilan qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ichki tahlil natijalaridan foydalanuvchilar esa faqat bank bo‘linmalari hi-
soblanadi. Bu ma’lumotlaridan bank rahbariyati, ya’ni Bank boshqaruvi va
Kuzatuv kengashi tomonidan operativ qarorlar qabul qilish uchun foydalani-
ladi. Bundan tashqari Bank faoliyati tahlili uning mazmuni jihatidan quyidagi
turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: