113
baravardan ko‘proq foyda olish bilan yakunlagan.
Bularning sababini chuqur
o‘rganish uchun, daromadlar, xarajatlar tarkibini o‘rganish va tahlil qilish
zarur ( 9.1jadvalga qarang).
Jadval ma’lumotlaridan, «Savdogarbank»
foyda summasini qaysi man-
balardan ko‘paytirganligi, nimalardan xarajatlar ko‘payganligi ko‘rinib turib-
di. Bankning foizli daromadlari 2011-yilda o‘tgan yilga nisbatan 126,9 %
ko‘paygan bo‘lsa, foizli xarajatlari – ushbu davrda 140,3 foizga ko‘paygan.
Demak, foizli xarajatlarning o‘sish (ko‘payish) sur’ati juda yuqori,
bunday
yo‘l tutib borilaversa bo‘lmaydi. Natijada sof foizli daromadlar bo‘yicha
ko‘rilgan natija 2011-yilda o‘tgan yilga nisbatan faqat 16,1% ga o‘sgan
(daromadlar-26,9% o‘sganligiga qaramasdan).
Bank 2011-yilda kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan ehtimolli
zararlarga qarshi shakllantirilgan zaxiralarga 2011-yilda 2010-yilga nisbatan
2 baravardan kamroq summa (48,5%) ajratgan.
Shunday qilib, foizli daro-
madlar summasini biroz oshirgan. Lekin bank foizsiz daromadlarini 2010-
yilga nisbatan kamaytirib yuborgan (51044,0 ming so‘mga). Natijada shun-
gacha bank foydasi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Tijorat
banki operat-
sion xarajatlar summasini ko‘paytirmaslik choralarini ko‘rgan. Natijada bu
xarajatlar 2011-yilda o‘tgan yilga nisbatan faqatgina 107,9% gagina o‘sgan.
Tijorat bank bo‘limlarida foizli va foizsiz daromad turlarini ko‘paytirishning
ichki imkoniyatlarini topish lozim.
9.1-jadval
Dostları ilə paylaş: