Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

 


211 
 
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish 
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‘limida 
ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi 
biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar 
va bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilinishi 
hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo‘lg‘usi mijozlari xabardor 
qilinishi shart. Xizmat ko‘rsatish jarayonida nostandart - ko‘zda tutilmagan holatlar 
kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi 
(misol uchun, eksport yoki import shartnomalarini ro‘yxatga olish va hisobi) 
bo‘yicha paydo bo‘lgan savollarni joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalarni 
butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar 
bilan jamlangan bo‘lishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas’ul 
ijrochi bilishi lozim bo‘lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo‘lsa, uning ishi 
tez va sifatli bo‘ladi. Shuning uchun, Front-ofis mas’ul ijrochilari o‘rtasida 
mijozlarni taqsimlashda, bir mas’ul ijrochida bir toifali mijozlar bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas’ul ijrochi 
tomonidan xizmat ko‘rsatilishi shart. 
Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi 
bo‘yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli (yoki bir) xilligiga bog‘liq 
holda, yuqorida qayd etib o‘tilgan mijozlarni yanada kichik bo‘lgan quyidagi 
turlarga bo‘lish mumkin: 
- faqat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar; 
- milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar. 
- Turli qonunchilik ta’sir doirasida bo‘lgan mijozlarning quyidagi toifalari 
bo‘yicha guruhlarga bo‘lish tavsiya etiladi: 
- Korxona va tashkilotlar: 


212 
- o‘z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday 
tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el valyutasida 
hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan har qanday tashkilotlar; 
- o‘z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik 
(korporativ) mijozlar; 
- kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hamda boshqa tashkilotlar, 
shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 
- Jismoniy shaxslar: 
- milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan jismoniy 
shaxslar; 
- faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar. 
Bankning Front-ofis bo‘limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga 
ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi. 
Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‘p operatsiyalar turi bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki, 
ko‘p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‘yicha unga xizmat 
ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin