Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

nazoratchi buxgalter - mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki 
nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib 
amalga oshiruvchi buxgalter. 
Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalari 
(bundan buyon matnda depozit operatsiyalari deb yuritiladi) - Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklarining pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish 
operatsiyalari. 
mas’ul ijrochi buxgalter - mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki 
nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi 
buxgalter. 
Omonat (depozit) - talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi 
shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida 
kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday 
to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.
raqobatli ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari 
tomonidan foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda taqdim etiladigan ariza
raqobatsiz ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari 
tomonidan foiz stavkasi ko‘rsatilmagan holda taqdim etiladigan ariza; 
Chet el banki - chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi 
hududida amalga oshiradigan shu’ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining 
hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi. 
Chet el banki vakolatxonasi - bank faoliyatini amalga oshirmagan holda 
bankning manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi alohida bo‘linmadir.
chegirish foiz stavkasi - depozit auksioni natijalariga ko‘ra tijorat 
banklarining qondiriladigan raqobatli arizalari bo‘yicha taklif etilgan maksimal 
stavka. 
o‘zgarmas foiz stavkasi - pul-kredit siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan 
holda tijorat banklarining depozit mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha Markaziy bank 
Kredit qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladigan stavka; 


137 
Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita 
muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar 
guruhi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin