II-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari
1. Dastlabki banklarning kelib chiqishi.
2. Bankning kelib chiqish tarixini o‘rgangan iqtisodchi olimlar.
3. Banklarning dastlabki operatsiyalari.
4. Kredit tizimi.
5. Bank tizimi.
6. Nobank kredit tashkilotlari.
7. Banklarning turlari.
8. Tijorat banklarini tashkiliy asoslari.
9. Tijorat banklarning vazifalari.
10. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
qonuni.
39
III-Bob. Bank tizimi va uning pog‘onalari
Reja:
3.1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning shakllanishi.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va banklar faoliyatining
huquqiy asoslari.
3.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki maqsadi, vazifalari va
funksiyalari.
3.1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning shakllanishi.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir. Tovar pul
munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi
operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.
Shuning uchun ham, respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablari-ga mos
keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston
Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon tala-biga mos keluvchi,
rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh turgan
mablag‘larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini
qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan
iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan
mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy
sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank
nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish,
banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga
erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan,
nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy
bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga
erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga
acoclangan holda olib borilishi mumkin:
40
– xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-
moliya tizimi barqarorligiga erishish;
– Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bilan
mos kelishi;
–bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo‘li bilan jahon
bank tizimiga yaqinlashtirish;
– pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyoj-lari va
iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish;
– banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo‘yish va boshqalar.
Bizning zaminimizda mavjud bo‘lgan banklarning rivojlanishini ikki yirik
davrga bo‘lib qarash mumkin. Birinchi davr bu –O‘zbekiston mustaqillikka
erishgungacha bo‘lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish
bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Biz ta’kidlaganimizdek, O‘zbekistonda bank tizimi ikki pog‘ona-li bo‘lib,
banklar tizimining birinchi pog‘onasi – bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, ikkinchi pog‘onasi – tijorat banklari hisoblanadi.
Butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti bizning
respublikamizga mustaqillik bilan kirib keldi. Shuning uchun respublikamizda
bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish
zaruriyati tug‘ildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar bo‘lgan bank tizimining
rivojlanishini tahlil qilib qaraydigan bo‘lsak, uning rivojlanishining quyidagi
bosqichlarini keltirish mumkin:
– birinchi bosqich XIX asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‘lgan banklar zaminida Sobiq
Sovet Ittifoqining kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda 30-yillarda iqtisodning
rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmoq banklari, o‘lka banklari, tijorat
banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko‘rsatgan;
41
– ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‘zgarishlar yuz berdi va banklar veksel orqali
kreditlashdan (o‘sha davrlarda bu kreditlash amaliyotda «egri» kreditlash deb nom
olgan) to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonalarni kreditlashga o‘tkazilgan. Bu davrda
xo‘jaliklar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlangan va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha
banklar tashkil qilingan hamda bu banklar faqat shu sohalarni uzoq muddatli
kreditlash va moliyalashtirish bilan shug‘ullangan. Davlat banki esa asosan qisqa
muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan;
– uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Bu davrda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qili-nib, mamlakatdagi
barcha kredit munosabatlarini olib borish maqsadida uchta bank tashkil qilindi.
Bular: Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki bo‘lgan. Davlat banki
iqtisodiyotning barcha sohalariga faqat qishloq xo‘jaligining ba’zi ehtiyojlari
uchun uzoq muddatli kreditlar berilgan) qisqa muddatli kreditlar berish bilan
shug‘ullangan. Qurilish banki kapital qo‘yilmalar bilan bogg‘liq bo‘lgan
xarajatlarni, qurilishni moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlar berish bilan
bog‘liq operatsiyalarni bajargan. Tashqi savdo banki Moskvada joylashgan bo‘lib,
mamlakatning eksport-import bilan bog‘liq faoliyatini boshqarib borgan;
– to‘rtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish davri bo‘lib, u 1988
yildan 1990 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida
katta o‘zgarishlap ro‘y berdi va Davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq
banklari tashkil qilindi.
Bu banklar jumlasiga, Sanoat Qurilish banki, Agrosanoat banki, Uy-joy
qurilish va ijtimoiy ta’minot banki, jamg‘arma bank va tashqi iqtisodiy faoliyat
banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki, ular
o‘zi xizmat ko‘rsatadigan sohaga uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish huquqiga
ega edilar.
Shu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funksiyasi olib tashlandi
va u emission bank sifatida faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. 90-yillarda bank tizimini
qayta tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatda yuz berayotgan asosiy
42
o‘zgarishlarni hisobga olgan holda banklar zimmasiga korxonalar va tashkilotlarga
kompleks xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va korxonalar bilan banklar o‘rtasidagi
munosabatlarni xo‘jalik hisobiga o‘tkazish, quyi bank muassasalari-ning huquq va
majburiyatlarini oshirishdan iborat edi.
Mustaqillikka erishgunga qadar O‘zbekiston hududidagi bank muassasalari
SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq
«Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Sobiq
SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning
o‘zida emis-siya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo‘jaliklarga hisob-
kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz hisob-lanardi. Davlat
bankining ham emissiya funksiyalarini ham hisob-kitoblar va 90-yillargacha
kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga
mononollashuvi uni davlat boshqaruv va nazorat organiga aylangan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishda
normal xarakterga ega. Davlat banki kredit resurslari bo‘yicha cheklanmagan
monopol mavqega ega edi. Kredit resurslari harakatini ham boshqarish ham
nazorat qilish Davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Rivojlangan
mamlakatlar bank tizimiga xos barcha xususiyatlarining inkor etilishi, sobiq
“Ittifoq” bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keladi.
Markazlashtirilgan bank tizimi boshqaruv asosida faoliyat ko‘rsatayotgan
respublika banklar tor doirada pul resurslari haraka-tini boshqarar, lekin resurslarni
taqsimlash, emission jarayonlarni amalga oshirish va nazorat qilish sobiq “Ittifoq”
Davlat banki qo‘lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va
bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi bilanoq markazlashtirilgan
bank tizimini qator kamchiliklari ro‘yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub
o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi. Albatta, bu bozor iqtisodiyotiga ilk
qadamlar qayta qurish sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilarni totalitar
iqtisodiyotga tatbiq etilishi bilan tushuniladi. Bu jarayonda bank tizimining
tashkiliy strukturasini o‘zgartirish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy tizimni
43
rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy
dastakka aylantirish ko‘zda tutilgandi.
Bank tizimi rivojlanishining ikkinchi davri asosan O‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrni quyidagi bosqichlarga
bo‘lib tahlil qilishimiz mumkin.
Mustaqil O‘zbekiston bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichi. Bu
1991-1994 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda 1992 yilning sentyabrgacha
O‘zbekiston davlat banki sobiq SSSR Davlat bankining respublika bo‘limi sifatida
faoliyat ko‘rsatdi va u kredit resurslarni davlat korxonalari miqyosida taqsimlash,
emission operatsiyalarni olib borish bilan shug‘ullandi. Qolgan tarmoq bank-lar
ham davlat mulkiga asoslangan edi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988 yildan
boshlab kirishilgan bo‘lsa-da, bu maqsadning to‘liq amalga oshirilishiga sharoit
1994 yildan boshlab yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy
tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular
bajara-digan operatsiyalar salmog‘i oshib bordi.
Bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichida markazlashgan
rejalashtirishda Markaziy bankning mavqei hali ham yuqori edi, sohalarning
deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimining tashkil etilishi
tamal toshi 1991 yil 15 fevraldagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi” qonun
hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy
banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga
hisobot berish o‘rinli ekanligi belgilab berildi. Bu qonunni amalga tatbiq etish
asosan Respublikamiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kirit-ganidan so‘ng boshlandi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li-ni
tanlanganligi bois, birinchi bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy
vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
– Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli tijorat va xususiy banklarni
ikki bosqichli bank tizimi shaklida vujudga keltirish;
44
– Respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va
vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;
– Barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul emissiyasini,
asossiz o‘sishini keskin cheklash;
– O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun
zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish va
boshqalar.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichida davlat banklarini yangi
strukturasini tashkil etish boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‘z
ichiga oldi:
– ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va
bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan banklarni tashkil qilish;
– ixtisoslashgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini
moliyalashga o‘tkazish:
– iqtisodiy tizim doirasida huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan
kredit munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining
kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga
kredit berish va ular bilan hisob-kitob-larni olib berish funksiyasini maxsus ixti-
soslashgan banklarga topshiradi, ya’ni bankning emission faoliyati, kreditlash
faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo‘yildi. Davlat banki
ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-
kredit siyosatini olib boruvchi muassasalarga aylanadi.
Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus
ixtisoslashgan banklar: Sanoat Qurilish banki, Kommunal Qurilish va ijtimoiy
taraqqiyot banki, Agrarsanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg‘arma
banki xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirishda
ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik
mavqeini saqlab qoladilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim
natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarining
45
xususiyatlarini to‘liq ifoda qilolmasdi. SHuning uchun ham, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish sharoitida bank tizimini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi ob’ektiv
zaruriyatga aylandi.
O‘zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi 1994
yildan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda bank tizimining takomillashgan
faoliyatini belgilab beruvchi bank qonun-lari: 1995 yil 21 dekabrda “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 1996 yil 25 aprelda “Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarga asosan banklar
faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi va ularning ishlash usullarini
takomillashtirish choralari ishlab chiqildi.
Tijorat banklarining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida bank nazorati
va monitoringini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini boshqarish usullarini
takomillashtirish va xalqaro talablarga moslash, yangi schetlar tizimiga o‘tish, chet
el banklarining sho‘‘balarini ochish, to‘lov tizimini takomillashti-rish, tijorat
banklarining qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya-larini rivojlanlantirish, pul va
valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta’minlash kabi dolzarb masalalar
hozirgi kunda mustaqil bank tizimining rivojlanishi tufayli o‘z yechimini
topmoqda.
Dostları ilə paylaş: |