Bank hisobi, tahlil va audit


I-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

I-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari. 
1. Bank hisobi, tahlil va audit” fanining predmeti. 
2. “Bank hisobi, tahlil va audit” fanining vazifalari. 
3. Fanini o‘qitishda foydalaniladigan intrefaol ta’lim metodlari. 
4. Fanini o‘rganishda foydalaniladigan tahlil usullari. 
5. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. 
6. Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash klassifikatori. 
7. 5233900– “Bank hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi. 
8. Fanning Iqtisodiy fanlar bilan bog’liqligi. 
10. “Bank hisobi, tahlil va audit” fani bo’yicha talabalar bilishlari zarur. 


24 
11. “Bank hisobi, tahlil va audit” fanining banklar faoliyatida ahamiyati. 
12. Yordamchi kitob - bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy
hisobvaraqlar . 
13. Bank faoliyatini tahlil etish. 
14. Banklarni audit qilishda asosiy vazifalar. 


25 
II-Bob. Bankning paydo bo‘lishi va bank faoliyatini rivojlanish 
bosqichlari  
Reja: 
2.1. Dastlabki banklar paydo bo‘lishi va ularni operatsiyalari. 
2.2. Tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi. 
2.3. Banklarning turlari. 
 
2.1. Dastlabki banklarning paydo bo‘lishi va ularning operatsiyalari 
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy 
elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri 
kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq 
ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida 
vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning 
dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, 
banklar faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo 
bo‘lganligini qayd etadilar. 
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda mahalliy 
pullarni xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to‘lov evaziga almashtirib 
berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli 
haq evaziga saqlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh 
pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji 
bo‘lgan shaxslarga ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan. 
Bankning kelib chiqish tarixini o‘rgangan bir qator iqtisodchi olimlarning 
xulosasiga ko‘ra dastlabki banklar Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlarida X 
asrda paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham bank so‘zi italyancha “banco” so‘zidan 
olinib “stol” degan ma’noni anglatadi. Garchi valyuta ayirboshlash operatsiyalari 
dastlabki banklarning birinchi operatsiyasi bo‘lsada , hozirgi paytda banklarning 
jamiyatdagi o‘rni ularning kredit operatsiyalari bilan belgilanadi. Qadimgi 
Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “trapezida” (grekcha-stol), Qadimgi 


26 
rimda “mensarilar”( lotincha-stol) deb atashgan
3
. 1401-yili turli savdo uyushmalari 
birlashtirilib, mashhur Muqaddas Grigoriy banki Genuyada ochildi. Bu bank 
shahar xokimligining ximoyasida bo‘lib, shahar meri xokimlik lavozimiga 
o‘tirayotganda bu bankni himoya qilishga qasam ichgan. Chunki bu bank 
Respublikaning kreditori vazifasini bajargan. 1463-yildan to 1505-yilgacha Rim 
papasigi bankning qarzdorlarini murtab deb e’lon qilish (cherkovdan chetlashtirish 
bunday takdirga uchraganlar ko‘p xuquqlardan mahrum bo‘lib, qattiq jazolangan) 
xuquqi berilgan hamda buning natijasida bankning qarzdorlari bo‘lmagan. 
Faqatgina 1675-yildagina bu bank jirobankka aylantirildi. 
XV asrda Fransiyada tarixda birinchi marta Lombardlar paydo bo‘ldi, ular 
asosan sudxo‘rlik bilan shug‘ullanganlar. 1848 yillardan esa Prussiyada ham 
Lombardlar o‘z faoliyatlarini boshlaganlar. 
XVI asr oxirlarida va XVII asrning boshlarida Gollandiyada kassirlar pul 
almashtiruvchilarning faoliyatini bajarardilar. Shuning uchun kassirlik hamda pul 
almashtiruvchi ixtisosliklari qo‘shilib ketish xavfi paydo bo‘ldi va kuchaydi. Shu 
xavfni oldini olish uchun Amsterdam hukumati 1609-yili Amsterdam jamoatchilik 
bankini tashkil qildi. Bu bank pul almashtirishda o‘rnatilgan rasmiy foiz stavkasi 5 
% bo‘lgan hamda bank ma’lum muddat monopol bo‘lib faoliyat yurgiza boshladi. 
Ammo 1621-yili pul almashtiruvchi kassirlar faoliyati qaytadan tiklandi, natijada 
pul almashtiruvchi kassirlar va bank o‘rtasida raqobat kuchaydi. 1641-yili 
harakatdagi pullarni qiymatini o‘rnatilgan qonuniy narxlarga yaqinlashtirish uchun 
ba’zi monetalar «yaxshi bank pullari» deb nomlandi. Bank kreditor sifatida 
“yaxshi” pullardan, pul almashtiruvchi sifatida esa «kassa pullari» deb nomlangan 
pullardan foydalangan. 1651-yili shahar xukumati pul islohotini amalga oshirdi va 
harakatga mayda pul birliklari «gulden»lar zarb qilina boshlandi va nihoyat 1681-
yili bu bank depozit va jirobank ko‘rinishini oldi. Amstredamning tajribasiga 
tayangan holda xuddi o‘sha sabablar bilan Gamburg shahrida ham Gamburg 
Veksel Banki tashkil etildi hamda u 1812-yilgacha faoliyat olib bordi.
3
“Money, Bank credit and Economic cycles”. JESÚS HUERTA DE SOTO. Second edition 2009. 41-42 pages. 


27 
Bu banklarda pul almashinuvi asosiy operatsiya bo‘lganligi uchun ularda 
almashinuv birliklari paydo bo‘la boshladi. Ularning mashhurlari Hamburger-Mark 
Banco, Bankgeld Surantgeld va boshqalar.
Germaniyalik Ya. Fuggerning (1450-1528) savdo uyi turli xildagi pulli va 
bank operatsiyalarini bajargan. Ammo bu savdo muassasasi 1637-yili 
Genuyaliklarga sotib yuborilgan. 1648-yili yirik fransuz savdogarlari Germaniyada 
birinchi xunarmandlik hamda savdogarlik tijorat bankini tashkil qilishdi. Bu bank 
“Germen Credit” deb nomlangan.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilar “bancherii’ deb atagan. Agar 
puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyasizlik qilsa, u 
o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb 
atashgan. Ya’ni bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» so‘zi ham italyancha “banca” 
so‘zidan olingan. 
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich bosqich XVI asrda Florensiya va 
Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisob-lanadi. Keyinchalik shunday 
banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgda (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda, 
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari–savdogarlarga xizmat 
qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o‘z 
mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar ko‘rishdan himoya qilgan. Ular 
hisoblarni ma’lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul 
birligida olib borishgan. O‘zlari-ning bo‘sh pul mablag‘larini jirobanklar davlatga, 
shaharlarga, chet el savdogarlariga ssudaga berishgan. 
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda 
aksionerlik banki sifatida tashkil bo‘lgan. Bu bank aksioner-emission bank bo‘lib, 
unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik, sanoat 
rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. 
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar 
va talablarning oshishi, savdo kapitali aylani-shining tezlashuvi bilan bog‘liq 
bo‘lgan.Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining 
rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo‘l 


28 
ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan. 
Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi, doimiy pul aylanishini 
yuzaga keltirdi. Pul aylani-shini esa bank tomonidan boshqarilishi zarur edi. 
Shunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali 
harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq bankir tadbirkor 
sifatida o‘z ish faoliyatini olib borgan. 
Agar sanoat sohasidagi puldor o‘z kapitalini sanoatga, savdogar o‘z 
mablag‘ini savdoga qo‘ysa, bankir o‘z kapitalini bank ishiga qo‘yadi. Ssuda 
kapitalisti asosan o‘zining bo‘sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan 
jalb qilingan mablag‘larga tayanadi. Ssudaga mablag‘ beruvchi puldorning 
daromadi ssuda foizi bo‘lsa, bankir-ning daromadi bank foydasi hisoblanadi. 
Banklar korxona, tash-kilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pullarini jalb qilish 
orqa-li katta hajmdagi kapitalni o‘z qo‘llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi 
kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular 
faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga 
aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘sh 
mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z 
faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan 
resurslarga yo‘naltirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo‘yicha oladigan foiz 
o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. 
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni 
tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit insti-tutlar yig‘indisiga aytiladi. Kredit 
tizimi orqali huquqiy va jis-moniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari 
yig‘iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga 
beriladi. Kredit tizimi bir necha bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin. Mab-
lag‘larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‘g‘inlari o‘z 
xususiyatlariga ega bo‘ladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o‘zining tashkil 
qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
– Markaziy bank; 


29 
– tijorat banklar; 
– maxsus-kredit institutlar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‘onali kredit bank tizimi ko‘p 
mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va 
nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
– tijorat banklar; 
– investitsiya banklari; 
– jamg‘armalar jalb qiluvchi banklar (O‘zbekistonda Xalq banki); 
– ipoteka banki; 
– savdo banklari; 
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha banklar;
– tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
– investitsiya kompaniyalari; 
– sug‘urta kompaniyalari; 
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
Kredit tizimida asosiy o‘rinni bank institutlari, bank ins-titutlari tarkibida 
salmoqli o‘rinni tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa 
bo‘g‘inlariga nisbatan ko‘proq bo‘sh resurslarni jalb qiladi va ko‘p miqdorda 
mijozlarga kreditlar beradi. 
Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini 
to‘ldiradi va ular iqtisodiyotning kam renta-bellik, kam foydali tarmoqlariga 
(qishloq xo‘jaligi, uy-joy quri-lish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) engil 
sharoitda kreditlar berish yo‘li bilan ularning faoliyatini rag‘batlantirib, 
rivojlantirib boradi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin