Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

 
 
2
Vazirlar Mahkamasining 343- sonli qarori. 2001 yil 16 avgust., Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. 


14 
1.2. Iqtisodiyotda bank hisobi, tahlil, auditning o’zaro va boshqa 
fanlar bilan bog‘liqligi. 
Iqtisodiyotda bank hisobi, tahlil va audit iqtisodiy termin sifatida hamda 
bank faoliyatiga ta’siri jihatidan muhim ahamiyatga ega. Ularni har birini alohida 
ko’rib chiqamiz va o’zaro bog’liqligini ko’satib o’tamiz. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Fuqarolik 
kodeksi, 
"O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi, "Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida"gi, 
"Buxgalteriya 
hisobi 
to‘g‘risida"gi, 
"Elektron 
to‘lovlar 
to‘g‘risida"gi, "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida"gi, "Elektron raqamli imzo 
to‘g‘risida"gi va "Bank siri to‘g‘risida"gi qonunlariga muvofiq banklar uchun 
majburiy bo‘lgan buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil 
qilish tartibi belgilangan.
Respublikamizda banklarda buxgalteriya hisobi “O‘zbekiston Respublikasi 
banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish 
tartibi to‘g‘risida” gi yo‘riqnomaga muvofiq tashkil etiladi. 
Bank hisobi, tahlil va audit fani banklar faoliyatida quyidagilarni 
ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan: 
-hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini 
to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq 
aks ettirish; 
-bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali 
holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
-bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy 
natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy 
hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
-bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat 
ko‘rsatish;
-hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish; 
-bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning 
natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda 


15 
ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat 
ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga 
muvofiqlashtirishni tashkil etish; 
-bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda 
turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda 
belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish; 
-operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va 
auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va 
rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish; 
-zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank 
operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda 
hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish. 
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va 
buxgalteriya
ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida” gi yo‘riqnomada berilgan 
operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish 
to‘g‘risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir. 
Banklar ushbu yo‘riqnomada belgilangan qoidalar doirasida o‘zlarining ish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda filial, bank xizmatlari ofisi va boshqa 
shoxobchalar faoliyatida buxgalteriya hisobini aniq va to‘liq yuritilishi va ichki 
nazorat samaradorligini ta’minlash maqsadida hamda ularning daromad va 
xarajatlari hisobini to‘g‘ri yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida 
tayyorlash va taqdim qilish hamda pul hisob-kitob hujjatlarini tikish va saqlash 
tartibotlarini belgilovchi ichki hisob siyosatini ishlab chiqishlari lozim.
Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid 
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining "Bank siri to‘g‘risida"gi qonuni 
talablariga qat’iy amal qilgan holda sir saqlashlari shart. 
Banklar faoliyatida buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma’lumotlar va 
ko’rsatkichlarni tahlil etib borish uning barqarorligini, raqobatbardoshliligini va 
istiqbolini belgilaydi. Shuningdek, bank faoliyatidagi salbiy holatlarni aniqlaydi. 


16 
Tahlil jarayonida bank faoliyati bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar
uzluksiz ravishda o’rganiladi. Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, 
faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o’rganiladi hamda yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab 
chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo’nalishlarini 
qamrab oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar 
ishonchini qozonishga asos bo’ladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni 
aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. 
Yuqorida buxgalteriya hisobida aks ettirilgan va tahlil natijasida 
o’rganilgan ma’lummotlarni haqiqiyligi hamda qohuhiyligini aniqlashda aydit 
xizmatidan foydalanamiz. Manbalarga ko‘ra buxgalter-auditor kasbi XVII asrning 
o‘rtalarida Evropaning aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlar, kreditorlar va 
soliq xizmati xodimlari o‘rtasidagi munozarali masalalarni etish zarurati tufayli 
shakllana boshlagan. O‘sha paytlarda mustaqil faoliyat ko‘rsatib, korxonaning 
ishlab chiqarish moliya faoliyati to‘g‘risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga 
ehtiyoj kuchaygan. Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Fransiyada, 1937 yili 
esa AQSHda majburiy audit to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi davrda 
bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘zining tashkiliy huquqiy 
infratuzilmalariga ega bo‘lgan audit institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimizda auditorlik faoliyati yangi faoliyat turlaridan biri bo‘lib 90 
yillarning boshida – mustaqillikka erishilgandan so‘ng va bozor iqtisodiga o‘tishi 
bilan rivojlana boshladi. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida korxonalar vujudga 
kelishi bilan auditorlik faoliyati xizmatiga talab yuzaga keldi, chunki bozor 
strukturalari o‘zlarining faoliyatlariga mustakil baho berilishiga ehtiyoj sezdilar. 
O‘zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri 
xorijlik xamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasini berish qobiliyatiga ega, 
sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil 
etish hisoblanadi.


17 
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarininig auditorlik 
tekshiruvlarini o‘tkazish, professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik 
faoliyati tushuniladi.
Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish uning faoliyat natijasini 
tashqaridan kuzatish, omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati 
to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida audit tekshirishlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
Bank tizimini bir maromda faoliyat ko’rsatishini, kreditorlar, omonatchilar
va mijozlar manfaatini himoya qilish shu bilan birga sog‘lom bank faoliyatini 
tashkil qilishda bank auditining o‘rni beqiyosdir. 
Demak, ko’rib o’tilgan ma’lumotlar bank hisobi, tahlil va audit iqtisodiy 
munosabatlarda o’zaro bog’liqligini ko’satmoqda.
Bank hisobi va audit yo‘nalishini kasbiy faoliyat asoslaridan bakalavriyat 
talabalari “Bank hisobi, tahlil va audit” fani bo’yicha qo’yidagilarni bilishlari 
zarur:
- hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyotida mutaxassislikning o’rni va 
ahamiyati; 
- iqtisodiy soha kadrlarini tayyorlashda ijtimoiy fanlarning roli; 
- bozor iqtisodiyoti qonunlarini mukammal o’rganish; 
- ilmiy-pedagogik kadrlar va ularning malakasini oshirish; 
- o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr iqtisodchi Oliy ta’limning Davlat 
ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan quyidagi fanlar bo’yicha atroflicha bilimlarga 
ega bo’lishi lozim: "Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari”,
“Iqtisodchilar uchun matematika", "Amaliy chet tili", “ Iqtisodiyot nazariyasi”
“Mikroiqtisodiyot” va boshqalar. Fan “Audit” , “Moliyaviy tahlil”, “Bank ishi”
va “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanlari bilan uzviy bog’liq.


18 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin