Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

 
 
 
 
 



I-Bob. “Bank hisobi, tahlil va audit” fanning maqsadi va vazifalari 
Reja: 
1.1 “Bank hisobi, tahlil va audit” fanning maqsadi, predmeti va
vazifalari. 
1.2. Iqtisodiyotda bank hisobi, tahlil, auditning o’zaro va boshqa fanlar 
bilan bog‘liqligi. 
1.3. Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni, ahamiyati. 
 
1.1. “Bank hisobi, tahlil va audit” fanining maqsadi, predmeti va 
vazifalari 
Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va 
turli xil bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya 
hisobida aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda tahlil va qayd etiladi hamda 
auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va 
hisobotlarni tuzish nafaqat bank mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini 
ko‘rsatish, balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, investorlari, mijozlari va davlat 
moliya muassasalarini zarur axborot bilan ta’minlash hamda bankning moliyaviy 
barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi. 
Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimiz bank tizimi buxgalteriya hisobini yuritish, 
mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va hisobotlarni tayyorlash, ularni tahlili 
hamda auditini o’tkazishda juda ko’plab o‘zgarishlar va yangiliklar amalga 
oshirildi.  
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda O‘zbekiston Respublikasi bank 
tizimi, banklarda buxgalteriya hisobini yuritilishi, bank auditini tashkil etish va 
amalga oshirish, undagi islohotlar va rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek dunyo 
bank tizimidagi sodir bo‘layotgan jarayonlar xususida aniq bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirish orqali tanlagan yo‘nalishiga bo‘lgan tassavur va qiziqishni 
oshirishdir. 
Fanning vazifalari - talabalar uchun mutaxassislik fanlari mazmuni 
to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari, predmeti, 



boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati, o‘qitish uslublari va baholash 
mezonlari xususida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va dunyo 
bank tizimidagi sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida chuqur va atroflicha bilim 
berish hisoblanadi. 
“Bank hisobi, tahlil va audit” fani bakalavriatning “Bank hisobi va audit” 
ta’lim yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun ixtisoslikka kirish fani 
hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda “Bank hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 
talabalariga O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, undagi islohotlar, hisob-
kitoblar, bank buxgalteriya hisobini yurilishi va rivojlanish yo‘nalishlari, 
shuningdek dunyo bank tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlar, o’zgarishlar
xususida dastlabki nazariy va amaliy bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Bank hisobi, tahlil va audit” fani umum kasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs 
hisoblanib, uning 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan 
mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq 
yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. 
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanining predmeti bo‘lib, bank faoliyati bilan 
bog’liq munosabatlar va uning turli operatsiyalari hisoblanadi. Ular “Bank 
hisobi, tahlil va audit” fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. 
Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida 
o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil 
qilishda “Bank hisobi, tahlil va audit” fani turli xil usul va metodlardan 
foydalanadi. 
- Tizimli yondoshuv. 
- Iqtisodiy matematik yondoshuv. 
- Kuzatish usuli. 
- Tajriba usuli. 
- Taqqoslash va boshqalar.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanini o‘qitishda foydalaniladigan intrefaol 
ta’lim metodlar: 
- Aqliy hujum metodi. 


10 
- Muammoli vaziyat metodi. 
- Klaster metodi. 
- Venn diogrammasi. 
- Bumerang metodi. 
- Munozara medtodi va boshqalar. 
“Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risoda”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, 
jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va 
normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2001 
yil 16 avgustdagi 343-sonli qarorni qabul qilgan. 
Unga asosan: 
1.Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartini asosiy qoidalarga asosan
,
Oliy 
ta’limning Davlat ta’lim standarti va Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
klassifikatoriga muvofiq tasdiqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy 
ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda: 
- ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv 
rejalari va fanlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida darsliklar va 
o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratish; 
- oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan “Oliy 
ta’lim to‘g‘risidagi nizom” va “Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi 
to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash; 
- Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat 
bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; 
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan. 
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartida quyidagi atamalar qo‘llaniladi: 


11 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin