1.NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
2.Kredit uyushmalari, lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari.
3.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini 2011-2015 yillarda rivojlantirish yo‘nalishlari.
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi nobank kredit tashkilotlari faoliyati va mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/2-sonli “Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 3412, 2023-yil 11-yanvar) qarori. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Nobank kredit tashkilotlari Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir:
mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
LexUZ sharhi Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi (ro‘yxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) nizomning 1-bandi. lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
LexUZ sharhi Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi (ro‘yxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) nizomning 1-bandi. ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.