Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini 2011-2015 yillarda rivojlantirish yo‘nalishlari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini 2011-2015 yillarda rivojlantirish yo‘nalishlari.
«Aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomir hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq”.
Muhtaram Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlaridagi dasturiy ma’ruzalarida belgilangan ustuvor vazifalar:
· Bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash va bunda banklarning kapitallashuvini kuchaytirish;
· Aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarning uzoq muddatli depozitlariga jalb etish;
· Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirishni moliyalashda tijorat banklarining rolini kuchaytirish.
Mazkur qaror bilan respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan 2 ta Dastur:
Mazkur qaror bilan respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan 2 ta Dastur:
1) “2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi;
2) “2011-2015 yillarda mikromoliyalash va nobank moliya sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar sifatida davlatning qimmatli qog‘ozlari (davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari va o‘rta muddatli xazina majburiyatlari), Markaziy bankning obligatsiyalari tan olinmoqda. Investorlarning davlatning qimmatli qog‘ozlaridan oladigan daromadlarining foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinganligi ularning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. 2011-2015 yillarda respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasi o‘rtacha 2,1 martaga oshishi kerak. Yillar kesimida oladigan bo‘lsak, tijorat banklarining kapitallashuv darajasining oshishi quyidagi prognoz ko‘rsatkichlariga ega: