210
7 - Ilova
Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga
ajratish zaruriyati yuzasidan sharhlar
Tarkibiy bo‘linmalarning asosiy vazifalari
Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga
bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari
tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni
tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni
nihoyasiga etkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq
bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat
qilish tizimini yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo‘linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta
bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining
barcha
masalalarini
echish
imkoniyatini
yaratish.
Mijoz
operatsiyalar
boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada
bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo‘lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan
operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar
taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. SHuni qayd etish zarurki,
bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank
bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining
avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida
ayrim bo‘lim/sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim/sektor
vazifalarini boshqa bo‘lim/sektor bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.
Vazifalar, bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida
taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: