212
-
o‘z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday
tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el valyutasida
hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan har qanday tashkilotlar;
-
o‘z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik
(korporativ) mijozlar;
-
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hamda boshqa tashkilotlar,
shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
-
Jismoniy shaxslar:
-
milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan jismoniy
shaxslar;
-
faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Bankning Front-ofis bo‘limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga
ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi.
Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‘p operatsiyalar turi bo‘yicha
xizmat ko‘rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki,
ko‘p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‘yicha unga xizmat
ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi.
Dostları ilə paylaş: