Bosh buxgalterlarning vazifalari
Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun
hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagilarni ta’minlashi
shart:
- buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot
texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda
foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish;
- bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan
barcha uchastkalardan o‘tishining aniq muddatlariga rioya etilib, bankning barcha
tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga
topshirilishini tashkil etish;
- mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni qabul qilish,
mijoz hisobvaraqlarini yuritish, Bank Depozitorlari Milliy Axborotlar Bazasi
(bundan keyingi o‘rinlarda BDMAB deb yuritiladi)ga so‘rovnomalar
shakllantirish, jo‘natish va undan ma’lumotlar qabul qilish, hisobvaraqlarni
yopishga doir amallarni nazorat qilish;
- mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va
mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z
vaqtida o‘tkazilishi;
- ichki bank operatsiyalarining qonuniy tarzda bajarilishini va ular ustidan
kunlik monitoring o‘rnatish, hamda mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi;
- birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni
aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan
74
muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli
organlarga taqdim etish;
- elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi
bilan solishtirish orqali tekshirish, agar bu ish bosh buxgalter o‘rinbosari yoki
buxgalteriyaning boshqa xodimiga yuklatilmagan bo‘lsa;
- bank amaliyot kunini to‘liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kunlik
balans tuzish;
- operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan buxgalteriya (kirim-
chiqim) hujjatlarining asl va elektron nusxalarini o‘z vaqtida (ish kuni oxirigacha
yoki keyingi bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan)
Yo‘riqnomaning V bob, 7-paragrafida belgilangan tartibda taxlanishi hamda
rasmiylashtirilishi, shuningdek ularni o‘rnatilgan tartibda arxivga topshirilishi;
- o‘z tasarrufida bo‘lgan bank filiallari, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlarining buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik
jamlangan moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda
buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida bankning moliyaviy
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilib borish;
- moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi
hamda mulkning but saqlanishi ustidan nazorat olib borilishi;
- buxgalteriya hisobining ilg‘or shakl va usullaridan keng foydalanish;
- kelib tushgan pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, tovar-moddiy
qimmatliklar va asosiy vositalar hisobining to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek ular
holati va harakati bilan bog‘liq operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida
aks ettirilishi;
- qat’iy hisobda turuvchi blanklarning but saqlanishi va ular hisobining
to‘g‘ri yuritilishi;
- bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh
kitob va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi hamda davlat byudjetiga va byudjetdan
tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarning to‘g‘ri yozilishi hamda o‘z vaqtida
o‘tkazilishi;
75
- mijozlarning depozit va ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha foizlarning to‘g‘ri
va belgilangan muddatlarda hisoblanishi;
- xo‘jalik shartnomalari tuzishda buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik
hujjatlari talablarining bajarilishi;
- kamomad hamda pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning talon-
toroj qilinishi bo‘yicha hujjatlarni taftishdan o‘tkazish yuzasidan yuridik xizmat
xodimlari tekshiruvlarida qatnashish, tegishli hollarda ushbu materiallar sud va
tergov organlariga taqdim etilishini nazorat qilish, yuridik xizmat xodimlari
ishtirok etmagan taqdirda, bu vazifalarni bevosita o‘zi bajarish;
- buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari
yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib borish;
- buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning o‘rnatilgan tartibda
rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishi.
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlarning rahbarlari bilan
birgalikda quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart:
a) tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini
rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
b) ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri
belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini;
v) pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni yo‘qlama
qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan
qoidalariga rioya etilishini;
g) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzi undirib olinishi va kreditorlik
qarzining qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya etishni;
d) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya
hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishini.
Bank tarkibida mustaqil moliya xizmati bo‘lgan hollarda, bosh buxgalter
zimmasiga bankning moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarning qonuniyligini, o‘z
vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish vazifalari yuklatiladi.
76
Bosh buxgalter bankning ichki nazorat va ichki audit xodimlari bilan
birgalikda kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy
qimmatliklarning noqonuniy tarzda sarflanishining oldini oluvchi tadbirlarni
tayyorlashda faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy
xatti-harakatlar qilinayotgani (ya’ni oshirib yozish, mablag‘lardan noto‘g‘ri
foydalanish hamda boshqa qoidabuzarlik va mansabni suiiste’mol qilish hollari)
ma’lum bo‘lib qolgan hollarda bosh buxgalter chora ko‘rish uchun bu haqda bank
rahbariga axborot beradi.
Bosh buxgalter bank rahbari bilan birgalikda bank faoliyatini tashqi audit,
Markaziy bank inspektorlari va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan
tekshiruvlar natijasida buxgalteriya bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari shart.
Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish hamda berish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek kredit va hisob-kitob
majburiyatnomalari bank rahbari va bosh buxgalter yoki ular shunday vakolat
berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Ushbu vakolatli shaxslarga
hujjatlarni imzolash huquqining berilishi to‘g‘risida bank bo‘yicha chiqariladigan
buyruq bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Yuqorida aytilgan hujjatlarga bosh buxgalter yoki shunday vakolat berilgan
boshqa shaxslar tomonidan imzo chekilmasa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va
mazkur bankning mas’ul shaxslari hamda buxgalteriya xodimlari tomonidan ijroga
qabul qilinmaydi.
Bosh buxgalterning pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni
qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar
bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
Bank rahbaridan shunday xatti-harakat qilish to‘g‘risida farmoyish olingan
hollarda, buxgalter uni ijro etmay turib, yozma ravishda bank rahbari e’tiborini u
bergan farmoyish noqonuniy ekanligiga qaratadi. Bank rahbaridan yozma
farmoyish olingan yoki hujjatga ikkinchi imzo qo‘yilgan hollarda bosh buxgalter
uni bajaradi. Bunda bajarilgan operatsiya noqonuniyligi uchun butun javobgarlik
77
bank rahbari zimmasiga tushadi. Bank rahbari o‘zi qabul qilgan qaror to‘g‘risida
yozma ravishda darhol yuqori turgan bank rahbariga yozma ravishda xabar berishi
shart.
Shunday xabarni olgan yuqori bank rahbari uni zudlik bilan ko‘rib chiqadi
hamda tegishli qaror qabul qilib, bu haqda bank Boshqaruvi raisiga xabar beradi.
Bosh buxgalter vakolatli tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan maxsus
kurslarda har yili o‘z malakasini oshirib borishi, o‘zi boshqarayotgan buxgalteriya
apparati xodimlarining malakasini oshirib borishni tashkil qilish va har yili albatta
bir marta ularni attestatsiyadan o‘tkazishi shart.
Ushbu Nizomda sanab o‘tilgan bosh buxgalter vazifalari ular bajarishlari
lozim bo‘lgan barcha vazifalarni qamrab olmagan, shu sababli bank rahbariyati
tomonidan amaldagi qonun hujjatlari va moliyaviy hisobotlarning xalqaro
standartlari talablaridan kelib chiqqan holda bosh buxgalterlarga buxgalteriya
hisobini yuritishga oid boshqa vazifalar qo‘shimcha ravishda yuklatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |