Bank hisobi, tahlil va audit


Bosh buxgalterning huquqlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

 Bosh buxgalterning huquqlari
Bosh buxgalter o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini 
belgilab beradi. Bunda har bir xodim o‘z majburiyatlarini bilishi hamda ularning 
bajarilishi uchun javobgar bo‘lishi zarur. Boshqa bo‘linmalar va xizmatlarning 
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda uni tashkil etish masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi xodimlari o‘z vazifalari bo‘yicha bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. 
Bosh 
buxgalterning 
bajarilgan 
operatsiyalarni 
rasmiylashtirish 
hamda 
ma’lumotlarni hisoblash qurilmalari orqali jo‘natish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar 
va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari bankning barcha 
bo‘linmalari va xizmatlari uchun majburiydir. 
Bosh buxgalter o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan 
ko‘rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda bank rahbarining farmoyishiga binoan mukofotdan to‘liq yoki 
qisman mahrum etilishi, zarur hollarda esa qonunda belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortilishi mumkin. 


78 
Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) 
lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh 
buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. 
Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni 
belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib 
chiqadi va ularga imzo chekadi. 
Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega: 
a) buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash 
yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishni bank rahbaridan talab qilish; 
b) tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa 
qimmatliklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan 
belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish; 
v) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish 
to‘g‘risida takliflar berish. 
Bank rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan o‘z 
majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam 
berishga majbur. 
Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda o‘z huquqlaridan 
foydalangani uchun unga tazyiq o‘tkazish borasida qilinadigan har qanday 
urinishlarga qatiyan barham berishi, bunga aybdor bo‘lgan shaxslar esa qat’iy 
javobgarlikka tortilishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin