bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati.
buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar
qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar.
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki
nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan
o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bosh bitim -depozit operatsiyalarini amalga oshirishning umumiy shartlari
va tartibini belgilovchi Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan
o‘zaro harakat.
valyuta birjasi -chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy
hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa
birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini
hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va
depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan
operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash
bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
depozit auksioni - tijorat banklarining pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida amalga oshiriladigan kimoshdi
savdolari.
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis
yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining
qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan
nazorat. Joriy nazorat pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining
bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi.