Bank hisobi va audit



Yüklə 30,76 Kb.
səhifə1/5
tarix14.04.2023
ölçüsü30,76 Kb.
#97670
  1   2   3   4   5
banklarning kelib chiqishi va tizimi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA”LIM
BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI

PUL VA BANKLAR” FANIDAN




Qayta topshirish
Tayorladi M-90-2 guruh talabasi
Juraboev Jaxongir Rustam o`g`li
Ilmiy rahbar: k.o’q. M. G’. Kenjayev

TOShKENT – 2023 yil


BANKLARLARNING KELIB CHIQISHI VA TIZIMI
REJA:
KIRISH.
1. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI.
2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK TIZIMI VA BANKLAR FAOLIYATI.
3. BANK TIZIMINI ISLOH QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-noyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini ta’mimlash zarur manba hisoblanadi. Bo’sh mablag’larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muhim o’rin tutadi. Bu borada ko’rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko’lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so’mlik kredit ajratildi. Yig’ilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi bo’yicha 24 mingdan ziyod murojaat bo’lgani shundan dalolat beradi. Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi. Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam bo’lsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Hududlar kesimida muammoli kreditlarning 76 foizi Toshkent shahriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga to’g’ri keladi. Shuningdek, hokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator obyektlar o’z vaqtida ishga tushmagani va kreditlar qaytishi cho’zilayotgani ko’rsatib o’tildi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog’iston Respublikasida kredit mablag’lari ajratilgan ayrim investitsiya loyihalari haligacha boshlanmagani tanqid qilindi. Uy-joy fondini ta’mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari va imkoniyatlari to’liq o’rganilmasdan kredit ajratilishi natijasida umidsiz qarzlar ko’paymoqda.


Yüklə 30,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin