80
aloqalarda naqd pul ishtirok etadi.
Naqd pul aylanmasi hajm jihatidan naqd pulsiz aylanmaga nisbatan ancha
kam bo‘lsada, iqtisodiyotdagi iqtisodiy aloqalarning normal holatda tashkil
etilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki naqd pul ishlatiladigan sohalarida
tovarlarning sifati nazorat qilinadi.
Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini ko‘rsatish
uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya’ni bank muassasasi o‘z tarkibida
tarkibiy bo‘linma – kassa operatsiyalari bo‘limiga ega. Kassa operatsiyalari
bo‘limida bajariladigan kirim va chiqim kassa operatsiyalari
Markaziy bankning
“Emissiya-kassa ishlari va naqd pul tushumini inkassatsiya qilish” to‘g‘risidagi
566-sonli hamda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va
qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma” (Ro‘yxat raqami 1831, 2008 yil 27
iyun) asosida tashkil etiladi.
Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari
bo‘limi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim kassasi, chiqim kassasi,
kirim-chiqim kassasi, maydalab berish kassasi, qat’iy hisobda turadigan
blankalarni berish kassasi, kechki kassalar tashkil etiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa xodimlarining
belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muassasasi
farmoyishiga binoan
tashkil etiladi. Yirik bank muassasalarida kassa operatsiyalari bo‘limini boyliklar
bilan ishlashdan ozod etilgan xodim, ya’ni kassa operatsiyalari bo‘limining
boshlig‘i boshqarishi lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat o‘rnatadi va
uning ishiga rahbarlik qiladi, hamda kassa ishini to‘g‘ri tashkil qilish, bank
muassasasidagi barcha boyliklarning ishonchli va to‘liq saqlanish uchun rahbar
bilan teng darajada javob beradi.
Kassa operatsiyalari bo‘limlarining boshliqlari egallab turgan lavozimlariga
Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar,
tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo‘lim boshlig‘i
yoki kassa mudiri
lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxslar tayinlanadi.
Operatsiya kassasi, har bir kassirning ish joyi kabina o‘rnatish orqali ajratib
qo‘yilishi lozim. Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan mas’ul bo‘lgan
shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug‘iladi.
Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bo‘lishi kerak, uning kod nomerini
faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklarni saqlash uchun
seyflar, metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun aravachalar bilan ta’minlanishi
lozim. Mijozlarga xizmat ko‘rsatiladigan darchalarga ichkari tomonidan
qulflanadigan eshikchalar o‘rnatilishi lozim.
Kassirlarning o‘z pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari kassa
tarmog‘ida, biroq kassa xonasidan tashqarida o‘rnatilgan
shkaflarda yoki maxsus
ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim.
Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini
imzolash vakolatiga ega bo‘lgan hisob-kassa xodimlarining imzolari namunalari
bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadigan
hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining namunalari bilan ta’minlanishi
kerak. Imzolar namunalarini tegishli xodimlarga o‘z vaqtida berish va ular bekor
81
qilingach, qaytarib olish ustidan nazoratni bank muassasasining bosh buxgalteri
amalga oshiradi. Ro‘yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko‘ra yangilanib turiladi.
Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish
uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo‘limida bir nechta
hisobvaraqlar ochilgan. Hozirgi amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasida “Naqd
pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisobvarag‘ida kassa
operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisobvaraq bo‘yicha bir nechta
yordamchi hisobvaraq, ya’ni subschet ochilgan:
10101
Dostları ilə paylaş: