82
badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda
asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning
ichki tartibidan kelib
chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi
tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul
qilib olgan bank xodimi uni uchala qismining bir xil, to‘liq va to‘g‘ri
to‘ldirilganligini
tekshirib chiqadi, agar operatsiya o‘tkazish mumkin deb topsa,
hujjatning barcha qismlariga o‘z imzosini qo‘yib, ushbu hujjatni kassaning kirim
jurnaliga qayd etadi. kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo‘yicha
quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda bank kassasi
bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag‘ida
ham topshirgan summada
mablag‘ ortadi.
Debet
10101 – Bankning aylanma kassasidagi naqd pullar
Kredit
20200 – Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bo‘lsa, u holda
quyidagi
buxgalteriya provodkasi bajariladi.
Debet
10101 –
Kredit
20208 –
Bu buxgalteriya yozuvlaridan shuni ko‘rish
mumkinki, bir tomondan bank
kassasi, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvarag‘i ko‘payyapti, bu
hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shuning uchun bank balansining
har ikkala ham aktiv, ham passiv tomoni bir xil summaga ortadi.
Mijozlarga bank tomonidan kreditlar naqd pulda berilgan bo‘lsa ular albatta
naqd pul ko‘rinishida qaytarilishi kerak. Mijozlar tomonidan olingan kredit grafik
asosida belgilangan muddatlarda naqd pul topshirish orqali qaytariladi. Agar
kreditni qaytarish uchun naqd pullar bankka topshirilsa, bu operatsiya quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi.
Debet
– “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit
– “Mijozlarning kredit bo‘yicha tegishli hisobvarag‘i”
Agar olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi naqd pulda amalga oshirilgan
bo‘lsa:
Debet
10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit
Dostları ilə paylaş: