Bank hisobi va audit


bank tomonidan chiqarilgan qimmatli  qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetidan



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/185
tarix21.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#146442
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185
Bank hisobi va audit

 
bank tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetidan
 
so‘ndirilganda yoki so‘ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‘oz egalaridan qayta 
sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati 
hisobdan chiqariladi. 
Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 
Debet 
10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i 
Kredit 
23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”. 
Qimmatli qog‘ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan 
chiqariladi: 
Debet 
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit 
90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”. 
Debet 
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit 
90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”. 
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan 
ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23696 «Chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot»
 
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. 
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga 
sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida
 
qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida 
sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi. 
Debet 
10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish 
qiymatiga 
Kredit 
23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin