12-MAVZU
.
QIMMATLI QOG‘OZLAR BO‘YICHA OPERATSIYALAR
HISOBI
REJA
1.
Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi.
2. Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi.
3. Qimmatli qog‘ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari
hisobi.
4. Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi.
Tayanch so‘z va iboralar:
qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, sertifikat,
veksel, reyestr, anderrayting, qimmatli qog‘ozlar birjasi, valuta birjasi, birlamchi
bozor, ikkilamchi bozor, bitim, komission mukofot, davlat xazina veksellari.
98
1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi.
Qimmatli qog‘ozlar –
bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi
o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi divident
yoki foiz ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul
hujjatidir.
Qimmatli qog‘ozlarning bir qancha turlari bo‘lib, ularga aksiya, obligatsiya,
veksel, depozit, jamg‘armali sertifikatlar va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari universal bank bo‘lib, ko‘plab bank
operatsiyalari qatori qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat
banklari qimmatli qog‘ozlarning emitentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki
ko‘p banklar aksiyadorlik banklari bo‘lib, o‘z ustav sarmoyalarini shakllantirish
maqsadida aksiyalar chiqaradilar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog‘ozlar
bilan investitsion operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog‘ozlar bozorida
sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan,
vositachilik operatsiyalar bilan shug‘ullanadilar.
Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-
yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma
asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bajaradigan operatsiyalaridan
biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishdir. Amaldagi
qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari,
veksel va boshqa qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘luvchi qarz
majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarishlari mumkin. Bank
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar
hisobi ularning nominal qiymati bo‘yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy
depozitariyda hisobga olinganda provodka quyidagicha bo‘ladi:
Debet
90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
Debet
90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”
Kredit
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyatlar” bo‘limida
23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» asosiy balans
hisobvarag‘i ochilgan bo‘lib, uning o‘zi bir nechta hisobvaraqlarga bo‘linadi:
99
23602 — Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 — Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari
23606 — Chiqarilgan depozit sertifikatlari
23608 — Chiqarilgan veksellar
23610 — Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar.
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida
Dostları ilə paylaş: |