Bank hisobi va audit



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/185
tarix21.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#146442
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   185
Bank hisobi va audit

yuritilishi va hisobi. 
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, Hisob-kitob markazi bu- O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
buxgalteriya 
hisobi 
va 
hisob-kitoblar 
boshqarmasining bo‘limi bo‘lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik 
hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini 
ta’minlash kiradi.
Hisob-kitob Markazi elektron to‘lov tizimiga ulangan tijorat banklari bilan 
belgilangan vaqt davomida alohida tarmoq orqali axborot almashish tartibida ish 
olib boradi. Elektron to‘lov tizimi bo‘yicha ish kuni boshlanishidan banklarning 
ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlarining qoldiqlari va aylanmalari qiymatining 
mosligi qilingandan so‘ng banklarga tizimda ishlashga ruxsat etiladi. Fayllarni 
qabul qilish, qayta ishlash va nazorat qilish, jo‘natish avtomatik rejimda seanslar 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Bosh banklar o‘rtasida banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun Markaziy 
bank qoshida ochilgan Toshkent shahar hisob-kitob Markazida 27416 balans 
hisobvarag‘i ajratilgan. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan 
Hisob-kitob Markazi ularni banklar bo‘yicha saralaydi. Bu hujjatlarning o‘zi 
alohida debet va kredit hujjatlariga bo‘linadi. Shundan keyin, debet hujjatlari 
bo‘yicha alohida, kredit hujjatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya yozuvlari 
o‘tkaziladi. Debet hujjatlari bo‘yicha dastlab quyidagi provodka o‘tkaziladi.
Debet
27416 “Banklararo hisob-kitoblar” 
Kredit 
21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
Bir vaqtning o‘zida quyidagi javob provodkasi o‘tkaziladi. 
Debet
21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
TB B 
Kredit
27416 “Banklararo hisob-kitoblar” 
Bu ikki yozuv orqali 27416- hisobvarag‘ining tranzit hisobvaraq ekanligi va 
bir vaqtning o‘zida yopilishini ko‘rish mumkin.
Hisob-kitob Markazlariga, tijorat banklariga tushadigan hujjatlarning asosiy 
qismi kredit hujjatlaridir. Kredit hujjatlari bo‘yicha ham Hisob-kitob markazlarida 
buxgalteriya yozuvlari o‘tkaziladi.
Bosh bank o‘z filiallaridan kelgan elektron to‘lovlarni qayta ishlab o‘zining 
yagona vakillik hisobvarag‘i orqali Toshkent shahar Hisob-kitob markaziga


78 
modem aloqasi orqali jo‘natadi. Bu operatsiya bo‘yicha Bosh bankda quyidagi 
buxgalteriya amallari bajariladi: 
Debet
22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan 
hisobvaraqlar” A filial 
Kredit
10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” A bank 
Hisob-kitob markazi bir tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul 
mablag‘larining kamayishi bo‘yicha ushbu buxgalteriya yozuvini bajaradi: 
Debet 
21302 TB “A”
Kredit 
27416
Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘larining 
ko‘payishi bo‘yicha provodka quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Debet
27416

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin