Bank hujjatlari va bank operatsiyalari bо‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil qilinishi. Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi


Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi



Yüklə 42,06 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü42,06 Kb.
#209908
1   2   3   4   5
29smZk5VWc0qVVrqzD93rsePGhFG kX-

Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi.
Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar va bosh buxgalter bank xodimlariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo‘yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar o‘rnatilgan tartibda arxivlanadi. Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularni ularning saqlash muddatlari bo‘yicha alohida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig‘majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug‘ullanadi.
Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
– bank mijozlari to‘lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshirilgan to‘lovlarda, shuningdek, bank mijozlar bilan shartnomada belgilangan hisobkitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘llanilgan memorial orderlarning birinchi nusxasi;
– Bank-mijoz dasturiy majmuasi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining ro‘yxati;
– banklararo va filiallararo to‘lovlar bo‘yicha bank hisobvaraqlarining kreditlanishiga asos bo‘lgan elektron to‘lov hujjatlarning ro‘yxati;
– bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalari uchun asos bo‘lgan memerial orderlar ro‘yxati;
– ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos bo‘lgan memorial orderlarning mas’ul ijrochilar bo‘yicha tuzilgan ro‘yxati;
– kunlik balans hisoboti va hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma va qoldiq summalar;
– kunlik buxgalteriya jurnali.
Hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi.
Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya jurnalidagi ro‘yxat bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig‘ma ma’lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan taqqoslanadi. Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, axborotni shaxsiy komputerga kiritish uchun tayyorlangan hujjatlar bog‘lamlari shakllantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig‘majildiga ularni dasturiy yo‘l bilan chiqarilgan ro‘yxati (kunlik buxgalteriya jurnali)ning tegishli qismi bilan joylashtiriladi.
Taxlangan hujjatlarga shu hisobvaraqni yurituvchi mas’ul ijrochi buxgalteriya xodimi imzolagan kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro‘yxatining tegishli qismi ilova qilinadi. Agar hujjatlar dastalangan bo‘lsa, ular dastalarni mas’ul ijrochi buxgalterlar qirqimi bo‘yicha kunlik buxgalteriya jurnaliga qarab hisoblab chiqilishi mumkin, biroq bu hujjatlarni tayyorlagan xodim kun davomida
o‘tkazilgan buxgalteriya operatsiyalariga doir barcha hujjatlarning shu dastada borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas’ul xodim ilovasi bor bo‘lgan hujjatlarda bu ilovalar qanchaligi ko‘rsatilganini va ular haqiqatan ham mavjudligini sinchiklab tekshirishi lozim.
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kundan kechiktirilmay, yuqorida qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Qoida bo‘yicha bu hujjatlar har kuni tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolari bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun) buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi. Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlarga doir ma’lumotlar kassa hujjatlari bo‘yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzolagan talabnomalar asosida olinadi.
Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart. Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning yozma ruxsati bo‘yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.

Yüklə 42,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin