3.Boshqaruv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish istiqbollari Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me’yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bog`liq. Mamlakatimiz qonunchiligida xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv hisobini yuritishning ayrim jihatlarini belgilab beradigan me’yoriy-huquqiy
hujjatlar mavjud Jumladan, «Buxgalteriya hisobi» to`g`risidagi Qonunning 7-moddasiga ko`ra, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. SHuningdek, rahbar ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini ta’minlashi shart. Bu holat esa korxonada boshqaruv hisobini tashkil etish va uni yuritish tartibini belgilashga korxona rahbari javobgar ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, «Mahsulot (ish va xizmat)lar tan-narxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom»da ishlab chiqarish va davr xarajatlarining tarkibi, tasniflanishi hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi ko`rsatib berilgan. Unga muvofiq, barcha xarajatlar quyidagi tartibda guruhlanadi: - mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; - ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin davr xarajatlari tarkibiga kiritiladigan xarajatlar; - 9600-«Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar» schetlarida hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar; - 9720-«Favquloddagi zararlar» schetida hisobga olinadigan favquloddagi zararlar. Bu esa o`z navbatida korxonalarda boshqaruv hisobining muhim elementi hisoblangan xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyasiyasini oqilona tashkil etishga ko`maklashadi. SHu o`rinda, respublikamiz korxonalarida mahsulot tannarxini hisoblashni rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobida keng qo`llanilayotgan «Direkt-kosting» hisob tizimiga yaqinlashtirishda ushbu Nizom va O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot» nomli 3-sonli milliy standarti muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, boshqaruv hisobi schetlar rejasini ishlab chiqish, mazkur schetlarning o`zaro bog`liqligini ifodalash korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo`jalik faoliyatini schetlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha Yo`riqnoma» nomli 21- sonli milliy standarti amal qilmoqda. Ushbu schetlar rejasi 9 ta bo`lim, 249ta balans va 14ta balansdan tashqari schetlardan iborat. Ularda moliyaviy va boshqaruv hisobida sodir bo`ladigan
xo`jalik muomalalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishning umumiy tartibi bayon etilgan. Korxonalarda boshqaruv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishda ular tomonidan ishlab chiqiladigan ichki boshqaruv (segmentar) hisobotlari alohida o`rin tutadi. Bu hisobot shakllari materiallar va butlovchi qismlar zahiralari to`g`risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo`yicha, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to`g`risida, xarid qilingan qiymatliklar to`g`risida, tayyor mahsulot zahiralari to`g`risida, sotishlar to`g`risida, pul mablag`lari harakati to`g`risida, debitorlik va kreditorlik qarzlari to`g`risida hisobot kabilardan iborat bo`ladi. Mazkur boshqaruv hisoboti shakllari korxona rahbariyatini javobgarlik markazlari (bo`linmalari)da moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari harakati to`g`risidagi axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 2. Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiЄti uchun yangilik emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida reja va moliyaviy bo`limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir o`ismini berilishiga imkon tuYOdirdi. Buxgalter va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo`yicha iqtisodchi, mehnat va ish haqi bo`yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta’minoti bo`yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib o`oldilar. Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimga aylandi va faqat voqealarni qayd etuvchi xizmat turiga aylanib qoldi. Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiЄti sharoitida boshqarishning markazlashgan tizimidan voz kechilib, ko`p ukladlilik, biznes rejalashtirish, erkin narxlarni shakllantirish, istiqbolli loyihalarni tanlash, segmentlarning javobgarligi kabi yangi iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar kirib keldi, mulk egasiga ko`p sonli xodimlarni saqlab turish samarali bo`lmay qoldi. Bu holatlar mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tarkibida boshqaruv hisobini tashkil etish va rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Asosiy adabiyotlar 1. Жўраев Н.,Бобожонов О.,Абдувахидов Ф.,Сотволдиева Д.Молиявий ва бошкарув хисоби. Дарслик. -Т.: 2018 й 2. Жўраев Н., Холбеков Р., Абдувахидов Ф., Илхомов И. Бухгалтерия хисоби, иктисодий тахлил ва аудит. Дарслик. -Т.: 2017 й 3. Бухгалтерский финансовый учет: Учебник для вузов/ Oд.ред.проф.Ю.А.Бабаева.-М.:Вузовскийучебник,2016.4. Сотиволдиев А. С. Замонавий бухгалтерия хисоби. Дарслик. –Т. БАМА, 2015 й.