Bank ishi fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 5,01 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182514
Банк иши фанинг предмети


Bank ishi fanining predmeti va mazmuni
Reja:
  • Banklarning kelib chiqishi va mohiyati
  • Banklarning funksiyalari
  • Kredit tizimi, uning tarkibiy qismlari
  • Markaziy bank, ularning vazifalari va funksiyasi

Banklarning kelib chiqishi va mohiyati
“Bank” deb pul mablag`larini yig`uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi.
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan.
“Bank” so`zi ital`yancha “banca” so`zidan olingan bo`lib, “stol”, aniqrog`i “pullik stol” degan ma`noni anglatadi. O`rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo`yib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o`z ishiga ma`suliyatsizlik qilsa, u o`tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni “Banco rotto”, ya`ni “bankrot” deb atashgan.
Kredit tizimi, uning tarkibiy qismlari
“Kredit tizimi” deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yig`indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo`sh mablag`lari yig`iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turlari sifatida investitsiya, jamg`arma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Uzbekiston Respublikasi bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi.
Davlat banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul kredit siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi.
Uzbekiston Respublikasi bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi.
Markaziy bank, ularning vazifalari va funksiyasi
Markaziy bank-pul-kredit siyosatini emissiya jarayonlarini olib boruvchi, kredit tizimining bosh banki hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida Markaziy bankning asosiy maqsadi - pul-kredit tizimi va valyuta barqarorligini ta`minlash asosida iqtisodiy o`sishga erishishdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil
21 dekabrdan faoliyat ko`rsatmoqda.
Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va xazina vakili sifatida ish tutadi. Markaziy bank banklarni ro`yxatga oladi va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi.
Adabiyotlar ro`yxati:
  • O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. - T.: 1998, 1999.
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Bank tizimini islohqilish chora tadbirlari tug`risida. T.: 1999 yil 15 yanvar.
  • O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tug`risidagi Qonuni. - T.: Sharq,1997. - 47 b.
  • Banklar va bank faoliyati tug`risida. Uzbekiston Respublikasining Qonuni. T. Sharq, 1997. 48b.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin