Bank ishi va auditi
Izoh: Haftaning shanba kunlari talaba olgan ko’nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq. III. MALAKAVIY AMALIYOTNING MAVZULAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI 1-mavzu. Bank buxgalteriya bo‘limining tuzilishi va faoliyati, buxgalteriya xodimlarining vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi Men Yusupdjanova Dilnoza 17.04.2023 dan 13.05.2023 gacha Toshkent Shahar Shayxontohur tuman Trastbank ATB da amaliyot o’tadim. "TrastBank" ATB Toshkent shahar Shayxontoxur filiali Shayxontoxur tuman Alisher Navoiy ko’chasi 7 uyda joylashgan. Manzil: MFO 000440, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Alisher Navoiy ko’chasi 7 uyda joylashgan. Telefon: +998712004242 "TrastBank" ATB O'zbekistonning eng yirik tijorat banki bo'lib: "TrastBank" ATB Toshkent shahar filiali buxgalteriya bo’limi tarkibiy tuzilishi Boshqaruvchi B.B.Chariev Asosiy kitob. A. Assoev To’liq rasmiy nomlanishi: “TrastBank” aksiyadorlik tijorat banki. Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: “TrastBank” ATB. “TrastBank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda TrastBankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan boshlanadi. Bankning asosiy yirik aksionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari. Bank faoliyatining prеdmеti va maqsadlari: Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi. Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar. Bank faoliyatining predmeti bo‘lib, pul mablag‘lari, valyuta qimmatliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar hisoblanadi. Pul funktsiyalarining bank xizmatlari ko‘rinishida maksimal darajada samarali amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Bank foyda olishni asosiy maqsad kilib olgan tijorat tashkiloti bo'lib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank universal bank bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi. Xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlar qo'mitasining vazifalari: bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirish; qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalarining sanoqli xodimlarini monitoring qilish va optimallashtirish; korporativ qadriyatlarni rivojlantirish va bankning korporativ madaniyatini joriy etish; bankning barcha xodimlariga individual ustamalar va boshqa turdagi rag'batlantirish to'lovlarini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish (zarur bo'lganda); bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari bo'yicha ustamalar shkalasini belgilash; bank xodimlarini o'qitish (qatnab o'qish va kechki o'qish) uchun to'lash to'g'risida qarorlar qabul qilish; kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish. Bankdagi manfaatlar to'qnashuvlarini hal qilish bo'yicha komissiya. Aktsiyadorlar, mijozlar, boshqaruv organlari a'zolari va bank xodimlarining manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi og'zaki va yozma bayonotlari va da'volarini hisobga olgan holda nizolar yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, yuzaga kelgan yoki yuzaga keladigan nizoni bartaraf etadigan qonuniy va asosli bo'lgan, yechimni qidirish. Qo'mitaning asosiy maqsadi Bankning Kredit siyosatini amalga oshirish va Bankning Kredit siyosatiga, bankning mahalliy hujjatlariga va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq munosib tavakkalchilik darajasi bilan chakana kreditlash bo'yicha Bankning kredit operatsiyalari portfelini shakllantirishdan iborat. Qo'mitaning asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat: jismoniy shaxslarni chakana kreditlash masalalarini ko'rib chiqish; kredit operatsiyalari bo'yicha chakana kredit portfelining holatini ichki nazorat qilish jarayonlari va usullarini ishlab chiqish; yangi qarz (ssuda)lar berish tartibini ko'rib chiqish va tasdiqlash yoki mavjud qarz(ssuda)larning shartlarini o'zgartirish; chakana yo'nalishda kredit strategiyasi va bank siyosatini shakllantirish; chakana kreditlash jarayonining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; kredit portfeli va chakana kreditlash bilan bog'liq boshqa muhim tavakkalchiliklarni tahlil qilish. Moliya qo‘mitasi. Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash. Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish; bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish; tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish; bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish. Ushbu mavzu bo’yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: Buxgalteriya apparatining tuzilishi 2. Qoldiqlar qaydnomasi, shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma. Yüklə 1,32 Mb. Dostları ilə paylaş: |