Bank-moliya tizimini rivojlantirish



Yüklə 41,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.12.2023
ölçüsü41,42 Kb.
#172448
  1   2   3   4
Xudoyarov Zoxidjon Sayitkulovich



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 7-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.07.2023 
131 
O’ZBEKISTONNING JAHON IQTISODIYOTIGA INTEGRATSIYALASHUVIDA 
BANK-MOLIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH. 
 
Xudoyarov Zoxidjon Sayitkulovich 
‘ANIS PARRANDA’ MCHJ Da Buxglateri 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada integratsiyalashuv jarayoni, jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuvida yurtimizda bank-moliya tizimida rivojlanish borasida so’z boradi. 
Kalit so’zlar:
Integratsiya, mintaqa, jahon hamjamiyati, moliya, bank, xalqaro 
munosabat, integratsion salohiyat, jahon xo’jaligi.
Jahon xo’jaligining tobora globallashib borishi jarayonlari negizini mamlakatlar 
iqtisodiyotining 
o’zaro 
integratsiyasi 
ta•minlamoqda. 
Ushbu 
integratsion 
jarayonlarning aksariyati yirik mintaqalar miqyosida va. shuningdek, ayrim 
uyushmalar darajasida namoyon bo'lmoqda-ki, bu jarayonlarning shakllanishi va 
rivojlanishida sanoati yuqori darajada rivojlangan davlatlarni'hg iqtisodiyoti va 
salohiyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonlarni bilish va 
mohiyatini tushunib yetish. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishini 
jadallashtirish va xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirishning samarali yo'nalishlarini 
belgilashda amaliy ahamiyatga egadir.
Respublikamiz 1-Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: “XXI asr shubhasiz, 
xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo'ladi. Sunday sharoitda 
integratsiya jarayonini. xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren davlatlarning 
ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas. balki ayrim 
mintaqalar ko’lamida ham. Shuningdek. umuman - butun sayyoramiz ko'lamida ham 
sobitqadamlik barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq zarur”. Bugungi kunda 
jahon xo'jaligi tizimiga integratsiyalashmay turib, hech bir mamlakat mukammal 
rivojlana olmaydi. Jahon iqtisodiyotida milliy xo'jaliklarning baynalmilallashuvi ishlab 
chiqaruvchi kuchlar rivojining zaruriy tomonlaridan biri bo’lib, u barcha 
mamlakatlarni, ular qaysi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimga mansubligidan qat'iy 
nazar, qamrab oladi. 
O'zbekiston milliy iqtisodiyotining jahon xo'jaligi tizimiga integratsiyalashuvi 
muammolarini hal qilish uchun respbulikaning eksport salohiyatini mustahkamlash, 
eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar hajmini oshirish va kengaytirish, shuningdek. 
respublikaning jahon bozoridan o'z o'rinini olishini ta'minlash zarur. Hozirgi kunda amal 
qilayotgan rag'batlantirishlar va imtiyozlardan foydalangan holda milliy ishlab 
chiqarishning eksportga yo'naltirilganligini kuchaytirish, import qilinadigan 
mahsulotlaming o'mini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish 
muhimdir. 



Yüklə 41,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin