Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi



Yüklə 85,64 Kb.
səhifə3/4
tarix14.01.2023
ölçüsü85,64 Kb.
#79208
1   2   3   4
17 mavzu

II 

BOB. 

TIJORAT 

BANKLARIDA 

ICHKI 

NAZORATNI 

AMALGA OSHIRISHNING JORIY HOLATI TAHLILI 

2.1. Banklarda ichki nazoratni amalga oshirish tartibi va tahlili
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini 

tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda 


har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri 
hisoblanadi. Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha 
xodimlarining o’z o’rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 
lavozim majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi 
faqatgina o’zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu 
majbuiyatlar ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga 
tegishli ma’lum vazifa aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bu holat xodimning ichki 
nazorat xizmatiga to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank 
asosan mijozlar mablag’lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har 
bir bo’g’inda shartligi yaqqol ko’rinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki 
nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki 
nazoratining asosiy ish yo’nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 
1. 

Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o’z xizmat 


vazifalarini to’laqonli bajarishini nazorat qilish. 
2. 
Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va 

terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat ishini 


tashkil etish.
Ichki nazoratning birinchi yo’nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul 
qilingan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini 
yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida yo’riqnoma” 
hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki 
meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi buyruqlar 
shular jumlasidan.

34 
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali 


amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank 
tomonidan o’rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini 
ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning 
me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda 
to’g’ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga 
qaratiladi.
Administrativ va moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va so’nggi nazorat 
tartibida amalga oshadi. Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil 
ko’rinishda amalga oshadi: dastlabki, joriy va so’nggi. 
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni 
nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan 
o’rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi.Ushbu mezonlar xizmat 
yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi 
(ma’lumoti, ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi.
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan 
operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy 
monitoring qiladi.Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga 
to’laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi. 
So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning 
foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki 
kirmasligi to’la nazorat qilinadi.Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda 
tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga 
tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. 
Xodimlarning bank operatsiyalarini to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan 
muntazam 
kuzatib 

boriladi. 


Bugungi 

kunda 
bank 

operatsiyalarining 
murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar 
bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir. 
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy 
nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis 

35 
xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi, 


ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini 
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro 
shartnomalar asosida xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma 
shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari 
qabul qilinayotganda quyidagi jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak: 
Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy 
hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi; 
Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l 
qo’yilmaganligi; 
Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan 
namunalarga mosligi va boshqalar. 
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-
kitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi: 
Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; 
Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami 
o’zgartirilgan bo’lsa ; 
Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan 

bo’lsa; 
To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan 


reestri mavjud bo’lmagan holda; 


Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun 

yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari 


jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari 
mijozning hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 
2-son kartatekaga qabul qilinadi); 
To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan 

e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa.

36 
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul 
hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng 
amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga 
oshiradi; 
Dastlabki 
nazoratdan 
o’tkazilgan 
to’lov 
hujjatlarining 

to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi 


va 
ularning 

electron 


nushalarining 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi; 
Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o’zlarida mavjud muhr izi va imzo 
namunalari bilan solishtiradi; 
To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi 
buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi; 
Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan 
to’lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni 
amalga oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat 
farmoyishlarining nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar 
yo’qligi tekshiriladi. 
Yakuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so’ng, kunlik 
operatsiyalar uchun asos bo’lgan hujjatlar o’rnatilgan tartibda tikilib va 
rasmiylashtirilib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat 
xodimlari bankning electron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va 
elektron nushalarini nazoratdan o’tkazadi. Yakuniy nazorat xodimi bank 
operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va 
ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq 
bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin. 
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan 
tashkilot rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat 
bo’lishi kerak: 
1) O’z aktivlari butligini ta'minlash; 
2) Hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish; 
3) Operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish; 

37 
4) Hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish. 


Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni 
takomillashtirish rahbarlar majburiyatidir. Nazorat tartiblari uchun javobgar 
xodimlar bevosita rahbariyatga hisobot berishlari lozim. (4-rasm) 
19-mavzu

Yüklə 85,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin