Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi


O ‘zbekiston 2015—2019-yillarda bank nazorati bo‘yicha Bazel-III standartlarini joriy qilmoqchi



Yüklə 85,64 Kb.
səhifə4/4
tarix14.01.2023
ölçüsü85,64 Kb.
#79208
1   2   3   4
17 mavzu

O ‘zbekiston 2015—2019-yillarda bank nazorati bo‘yicha Bazel-III standartlarini joriy qilmoqchi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Review.uz”. Hujjat Bazel-III standartlarini joriy qilishni nazarda tutadi.

Foto: review.uz
Qaror bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standart va tavsiyalarini 2015—2019-yillarda bosqichma-bosqich joriy etish yuklandi.
Qarorda aytilishicha, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirishni, jumladan kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ilovaga* muvofiq ma’qullansin, unda:
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish;
tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik subyektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish;
ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish.
Mas’ul ijrochilar — Markaziy bank, tijorat banklari, vazirlik va idoralar Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini ta’minlasin.
2. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
yuqorida ko‘rsatilgan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standart va tavsiyalarini (Bazel-III standartlari) 2015 — 2019-yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlasin;
Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflatsiya darajasi izchil pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz stavkalarini belgilash mexanizmini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha dasturiy ta’minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar import bo‘yicha olib kirilganida tijorat banklari va chakana to‘lov tizimlarining protsessing markazlari boj to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2020-yilning 1-yanvariga qadar ozod etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-may,
PQ-2344-son

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 18-son, 217-modda; 2017-y., 6-son, 72-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Yüklə 85,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin