0026AAL “Bank majburiyati tahlili” jadvalining B ustunidagi 1.2; 1.3; 5 va 9 qatorlari qiymatlarisiz
10.
Depozitlar
–
1+4+8
J
0026AAL “Bank majburiyati tahlili”
Yoki
–
4
–
2106DMS «Mijozlar turlari bo‘yicha depozitlar to‘g‘risida hisobot»
11.
Jalb qilingan mablag‘lar
0110BS
16+17+18++19+21
–
–
12.
Sof foyda (zarar)
0204 IS
11
–
«Foyda va zarar to‘g‘risida hisobot»
13.
Foizdan daromad
0204 IS
1l
–
«Foyda va zarar to‘g‘risida hisobot»
14.
Foizdan xarajat
0204 IS
2l
–
«Foyda va zarar to‘g‘risida hisobot»
15.
Daromadlar (yalpi daromad)
0204 IS
1l+4e
–
«Foyda va zarar to‘g‘risida hisobot»
16.
Xarajatlar
0204 IS
2l+5e+7z
–
«Foyda va zarar to‘g‘risida hisobot»
Aniqlangan mutlaq ko‘rsatkichlar asosida har bir bank faoliyatining turli tomonlarini tavsiflovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Bank.uz Oʻzbekiston banklari mobil ilovalarini oʻrganib chiqdi va eng yaхshi ilovalarning dastlabki reytingini tuzdi. 17 ta bank ilovalarining 30 ta funksional imkoniyatlari – raqamli ofis, oʻtkazmalar, kartalar, valyutalarni ayirboshlash, хizmatlar haqini toʻlash, omonatlar, kreditlar va boshqa imkoniyatlar oʻrganib chiqildi. Beshta eng yaхshi bank ilovalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Kapitalbank – 50 ball
2. Sanoat Qurilish Bank – 47 ball
3. NBU – 46 ball
4. Ipak yoʻli – 46 ball
5. Xalq banki – 46 ball
Reytingda ishtirok etgan koʻp banklarning ilovalarida kartadan kartaga oʻtkazmalar, Visa yoki Mastercard хalqaro kartalarining bogʻliqligi hamda soʻmni dollarga konvertatsiyalash, kommunal хizmatlar haqini, jarimalarni toʻlash, mobil aloqa va internet uchun toʻlov amalga oshirilgan. Koʻp banklarda mijozlarga ilovalar orqali omonat ochish imkoniyati yaratilmoqda.
Boshqa tomondan, koʻpgina banklarda ilovalar orqali hisobraqam ochish хizmatlari taqdim etilmagan. Reytingda ishtirok etayotgan banklarning deyarli yarmida kartochkaga onlayn buyurtma berish imkoniyati mavjud emas.
Bozorda yangi – virtual karta, keshbek, хalqaro toʻlov tizimlarida hisobraqamlarni toʻldirish, Visa kartalariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazmalar oʻtkazish kabi хizmatlar paydo boʻldi.
«2020 yilgi eng yaхshi bank mobil ilovasi» nominatsiyasi gʻolibini aniqlash boʻyicha yillik oʻrganishlarning birinchi bosqichi doirasida dastlabki reyting tuzilgan. Birinchi bosqichda banklardan olingan ma’lumotlar asosida reyting tuzilgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda ilovalar Bank.uz ekspertlari tomonidan baholandi.
Xulosa
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020 — 2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yo‘nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo‘llarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda bank xizmatlarining an’anaviy sohalari — kreditlash, depozit operatsiyalari, hisob-kitob va kassa kabi xizmatlarini ko‘rsatuvchi 31 ta tijorat bankidan (keyingi o‘rinlarda — banklar) tashkil topgan.
Mamlakatimiz mustaqilligi davrida banklar davlat ishtirokidagi korxonalarni va davlat rivojlanish dasturlarini imtiyozli foiz stavkalarida moliyalashtirishga faol jalb etgan holda muayyan maqsad va vazifalar uchun tashkil etildi. Natijada imtiyozli kreditlarning bank tizimi umumiy portfelidagi ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Bank sektorida davlat ustun mavqega ega — 31 ta bankdan 13 tasining kapitalida davlat ishtiroki mavjud bo‘lib, ularning kapitali bank tizimi jami kapitalning 87 foizidan ko‘prog‘ini, aktivlari esa umumiy aktivlarning 85 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.