Kapitalning yetarliligi, ya’ni bankning o‘z mijozlarini kafolatlash uchun zarur bo‘lgan xususiy sarmoyasi miqdori. Etarli sarmoyaga ega bo‘lgan banklar jiddiy zarar ko‘rgan taqdirda ham mijozlar o‘z pullaridan ajrab qolishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
2.
“A”
(Asset
quality)
Aktivlar sifati. Bu omil aktivlarning darajagani va balansdan tashqari moddalarni, shuningdek, gumonli aktivlar va zararlarni tasniflash asosida muammoli qarzlarning moliyaviy ta’sirini aniqlaydi.
3.
“M”
(Management quality)
Bankni boshqaruv sifati. Bu ko‘rsatkichni tahlil qilish yordamida ish samaradorligi, bank siyosati, qonun va yo‘riqnomalarga amal qilish darajasi baholanadi. Va shu asosda bank siyosatining qay darajada maqsadga muvofiq shakllantirilganligi, uning yozma ravishda belgilangan tartibda hujjatlashtirilganligi va unga rioya qilinganligi aniqlanadi. Shu sababli menejment sifatini tahlil etish eng oxirida amalga oshiriladi.