Qobiliyat tushunchasi Qobiliyatlarni shakllantirish. Tabiiy moyilliklarning rivojlanishi



Yüklə 50,98 Kb.
səhifə1/8
tarix24.10.2023
ölçüsü50,98 Kb.
#160713
  1   2   3   4   5   6   7   8
Qobiliyatlilik va moyillik


Mavzu: Qobiliyatlar va moyilliklar. Qobiliyatlarni rivojlantirish.
Reja:
  1. Kirish.


  2. Asosiy qism. Moyilliklar va qobiliyatlar

2.1 Qobiliyat tushunchasi

2.2 Qobiliyatlarni shakllantirish. Tabiiy moyilliklarning rivojlanishi.

2.3 Ijodiy qobiliyatlarning rivojlanish darajalari


2.4 Qobiliyat vaqtlari: o'rganish, ijodiy, intellektual va maxsus.
III.Foydalanilgan adabiyotlar

I. Kirish Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar o’qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o’quvchining bilimlarni yuksak darajada o’zlashtirishi,o’quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqot, o’qish, mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas‘uliyatli vazifalarni qo’ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o’qituvchi predmetni o’qitish metodikasini, maktab o’quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o’quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma‘lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo’lish lozim. Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e‘tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Ma‘naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehroqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta‘lim berish ishlarini esa o’qituvchilar amalga oshiradilar. Shuning uchun bo’lg’usi psixologlar hozirgi pedagogika oliy o’quv yurti talabalari rivojlanish psixologiyasi, pedagogik psixologiya fanlarini chuqur bilishlari maqsadga muvofiq. Yoshga qarab ongning taraqqiy etishida ta‘lim-tarbiyaning yetakchi roli, rivojlanayotgan odamning o’zi ko’rsatayotgan faoliyatning yetakchi roli uqtirib o’tiladi. Odam psixikasi tarixiy taraqqiyotida sifat jihatidan o’zgarganligi va odam ongli mavjudod bo’lib, shaxs sifatida shakllantirilganligi uqtiriladi. Наг bir pedagog ma‘lum darajada psixolog ham bo’lishi talab etiladi, chunki ular har biri
faqat o’ziga xos bo’lgan, turli yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega bolgan
o’quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola faqat o’ziga xos bilish faoliyati,
iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta‘lim-tarbiya berish
jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual
munosabatda bo’lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog
o’zining asosiy vazifasi, ya‘ni yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish ishini
muvaffaqiyatli amalga oshiradi.

Mavzuning dolzarbligi. Inson hayotida qobiliyat masalasining
o’rganilishi dolzarbligi shundaki, hayot tarzi jarayonida asab tizimi kuchi va
fiziologik asosda belgilanishi bilan birga hayotiy vaziyatlarga katta taʼsiri bilan
ham ifodalanadi. Bu esa inson tabiatiga xoslikni o’rganishda katta ahamiyat kasb
etadi.
Ilmiy faraz: Talabalarda muammoli vaziyatlarda temperament xususiyatlariga
ko’ra asab tizimida fiziologik o’zgarishlar natijasida o’quv motivasiyasiga ta‘sir
o’tkazishi mumkin.

Kurs ishining predmeti: Qobiliyat va moyillik tushunchalarini o’rganish.


Yüklə 50,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin